23-modda. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar

Quyidagilardan iborat:

1. davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash;
2. adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini ta’minlash;
3. ichki nazoratning samarali tizimini, shuningdek davlat xaridlarini o‘tkazish natijalari yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-taomilini yaratish;
4. davlat elektron savdolarining samarali ishlashini ta’minlash.

Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Manba: Karrupsiyaga qarshi kurashishto’g’risidagiqonun. 2017-yil 3-yanvar.