5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish,
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish,
ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish,
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun
javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Manba: Karrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun. 2017-yil 3-yanvar,