Sinfdagi o’quvchilarni guruhga qanday bo’lish kerak?

Siz o’quvchilarni qur’a tashlash yo’li bilan jamoalarga bo’lishingiz mumkin. Siz bolalarni o’zlari xohlagancha bo’linishga taklif qilsangiz, hamma a’lochilar bilan bir jamoaga kirishni xohlaydi, hech kim faol bo’lmaydigan bola bilan hamkorlik qilishni xohlamaydi. Agar o’qituvchi o’z xohishi bilan o’quvchilarni jamoalarga ajratsa, norozilik kelib chiqishi mumkin. Ba’zi bolalar ular bilan “aloqada bo’lmaydiganlar” bilan birga bir jamaoda ishlashni xohlamaydilar. Bu, ayniqsa, shaxsiy munosabatlar juda muhim bo’lgan o’spirinlar uchun to’g’ri keladi. Shu nuqtai nazardan, o’quvchilarni kuchlari teng taqsimlangan jamoalarga bo’lish eng oqilona yondashuvga o’xshaydi.

Masalan, karton qutilarga 1 dan 4 gacha raqamlarni yozishingiz va ularni qutidan olishga taklif qilishingiz mumkin.
O‘quvchilarni guruhlarga ajratish yoki guruhlar tuzish qoidasi:

✓Rollarni taqsimlash;
✓Daraja(martaba);
✓Do‘stlik yoki raqiblik;
✓Bilim darajasidagi farqlarga ahamiyat qaratish.

Guruhiy ishda ko‘pincha o‘quvchilar orasida raqobat paydo bo‘ladi. Guruhga bo‘lishni ham o‘yin tashkil etib ajratish mumkin. Masalan, 4 fasllar yozilgan kartochlarni tanlatish, ranglarni tanlatish va h. k. shaklida.

Ko‘pincha o‘qituvchilar guruhga bo‘lishda yo‘l qo‘yadigan xato bu sondir.

Guruhga bo‘lish turlari:

✓2 kishilik guruh;
✓3 kishilik guruh;
✓4 kishilik guruh;
✓5 kishilik guruh.
Manba: furqattarixchi.uz