Qo‘qon xonligida sug‘orish inshootlarini barpo qilinishi.

Qo‘qon xonligida sug‘orish inshootlarini barpo qilishning ma’lum tartib-qoidalari mavjud bo‘lgan.
Sug‘orish tarmoqlari va uni qurish ishlari ikki guruhga ajratilgan.
Birinchi guruhga hajm jihatdan kichik sug‘orish tarmoqlari kiritilib, ularni qurishda asosan
shu sug‘orish inshootlaridan foydalanuvchi qishloq aholisi ishtirok etgan va
ularga mahalliy mutasaddi kishilar, mirobboshilar boshchilik qilgan.
Ikkinchi guruh sug‘orish inshootlariga hajm jihatidan katta va
yirik kanallar kiritilib, ularni bunyod qilish ishlariga
xonlikning turli viloyatlaridan qazuvchi – hasharchilar jalb etilgan.
Bunday inshootlar qurilishiga bevosita xon yoki uning joylardagi vakili boshchilik qilgan.
XIX asrning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysida
sug‘orish tarmoqlarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan omillardan yana biri bu yerga
muhojir xalqlarning ko‘chirib keltirilishi bo‘lgan.
Xususan, 1829 yilda Sharqiy Turkistondan
70 mingga yaqin uyg‘urlar xitoyliklarning jazolaridan qo‘rqib
Muhammadalixon qo‘shiniga ergashib kelgan va ular vodiyning sharqiy tumanlariga, ya’ni
1. Oqbo‘ra daryo vodiysining yuqori qismi,
2. Qurshob vodiysi,
3. O‘zgan atroflari,
4. Ko‘gartsoy vodiysining Jalolobod va
5. Suzoq xududlari Shahrixonsoy,
6. Yozyovon,
7. Andijon atroflariga joylashtirilgan.
Natijada bu hududlarda yangi yerlar o‘zlashtirilib, qishloqlar barpo etilgan.