Dehqonchilik ekinlari.
Xonlikda dehqonchilik ekinlarining aksariyati O‘rta Osiyo xonliklariga xos bo‘lib,
g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzovot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik yaxshi rivojlangan.
Donli ekinlardan makkajo‘xori yetishtirish keng tarqalgan bo‘lib,
u shahar va qishloqlarda kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsuloti hamda mol ozuqasi hisoblangan.
Shuningdek, XIX asrga kelib xonlikda paxtachilik sohasiga katta e’tibor berila boshlagan va
bu o’simlik ekiladigan maydonlar hajmi to’xtovsiz kengayib borgan.
Vodiy g’arbiy qismining tabiiy sharoiti bog‘dorchilik va
uzumchilikni rivojlantirish uchun juda qulay bo‘lgan.
Janubi-g‘arbiy Xo‘jand, Konibodom, Isfara,
So‘x, Chimyon, Rishton hududlari
asosan o‘rik yetishtirishga to‘la ixtisoslashgan.
Bu davrda butun Farg‘ona vodiysida tut daraxti keng tarqalib,
U, tog‘ oldi va qadimgi dehqonchilik vohalaridan hisoblangan
So‘x, Isfara, Namangan,
Ashtda ipakchilik uchun qadimdan o‘stirilib kelingan.
Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlari, tog‘ yon bag‘irlari va adirlaridan
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi qishlov va yaylov uchun unumli foydalangan.
Shu bilan birga bu hududlar bahorgi va kuzgi lalmi dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan.