XXSR. XSSR. (1917-1924-yillar oralig’i).
XXSR. XSSR. (1917-1924-yillar oralig’i).
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasida yer-suv tizimi
1920 yil 30 aprelda Xorazm
millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir, deb e’lon qilindi.
Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib,
barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi.
Endigina siyosiy xaritada paydo bo’lgan mustaqil Xorazm respublikasiga
qo’shni xalqlar yordam qo’lini cho’zdilar.
Qo’shni Jumhuriyatlar 700 ming kishi hayot kechirayotgan Xorazm vohasini
mahsulotlar va texnika uskunalari bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oldi va
qaytib olmaslik sharti bilan 20 million so’m ajratdi.
Turkiston komissiyasining qarori bilan 1920 yil aprel – may oylarida yana
150 million so’m yordam berildi.
Joylarda yangi tashkilotlar tashkil qilishga kirishdilar.
Tezda yangi zamon maktablari, bolalar bog’chasi, qariyalar uyi, internat-maktablar vujudga keltirildi.
Turkkomissiya esa Xorazmga tezlik bilan birinchi navbatda
do’xtir, feldsher, bir tish do’xtiri,
bir akusherka, uch kasalxonani ta’minlashga etadigan dori-darmonlar 10 o’qituvchi, o’qish qurollari,
50 ming pud kerosin, 50 ming pud neft, idish-asboblar yubordi.
yangi tashkil qilingan xokimiyat ijobiy ishlar qilishni davom etirdi.
Mehnat intizomi to’g’risida qo’llanma tayyorlandi. «Er–uni ishlaganga» degan ko’rsatmalar berildi.
16 avgustda esa Xiva shahrida birinchi marta yakshanbalik o’tkazildi.
Bundan tushgan daromad obodonlashtirish ishlariga sarflandi.
1921 yil butun Xorazm vakillarining ikkinchi qurultoyining chaqirilishi
Xorazm vohasining keyingi taraqqiyot yo’lini ko’rsatib berdi.
Jumladan, qurultoy chiqargan xulosada shunday so’zlarni o’qiymiz:
«Xorazm respublikasida bundan keyin mehnat qilmasdan
ommaning qonini so’radigan parazitlar bo’lmasligi kerakki,
mamlakat bo’yicha dekret e’lon qilinib,
er-uni ishlaydiganlarga berilsin, erni ijaraga berib kun ko’ruvchilar erdan mahrum qilinadi».
Bunday qonunning qabul qilinishi mehnatkash ommaning mehnat faoliyatini kuchaytirdi.
Dehqonchilik sohasida esa katta ijodiy uyg’onish boshlandi.
1923-yil 17–20-oktabrda boʻlgan
Butun Xorazm xalq vakillarining 4-qurultoyi Xorazm XSRni
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (Xorazm SSR)ga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
20-oktabrda Xorazm SSRning 5 boʻlim va 12 bobdan iborat
yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Bu Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik qurilish yoʻliga oʻtishini qonun yoʻli bilan mustahkamladi.
Unga muvofiq, yerning xususiy mulk ekanligi bekor qilindi, vaqf ссылка yerlari butunlay tugatildi. Mavjud yerlar umumxalq mulki deb eʼlon qilinib, barcha vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga berildi. Qozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil qilindi.
Shu tarzda 1923-yil oktabr oyidan boshlab
Xorazm Respublikasidagi demokratik oʻzgarishlarga chek qoʻyildi.
Xorazmni sovetlashtirish jarayoni oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarildi.
Hukumatning keskin yangi siyosatidan norozi boʻlgan barcha kishilar
bunday vaziyatda istiqlolchilar safini toʻldirdilar.
Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat Xorazm vohasiga ham keng tarqalgan edi.
Xorazm SSRning markaziy va janubiy qismlarida koʻplab
sardor va qoʻrboshilarning harakatlari yanada avj oldi.
Xorazmning xalq xo’jaligi ishlari bu davrda juda og’irlashgan edi.
1923-yil dekabrda
1. Pitnak,
2. Hazorasp,
3. Bogʻot,
4. Xonqa tumanlarida yangi sovet hukumatiga qarshi
dehqonlarning ommaviy qoʻzgʻolonlari boshlanib ketdi.
Qoʻzgʻolonchilar joylardagi sovet tashkilotlarini tugatib,
mamlakat poytaxti Xiva shahri ustiga yurish boshladilar.
Qoraqumda turgan Junaydxon qoʻshinlari ham
gʻarb tomondan, bir vaqtning oʻzida shaharga qarab harakat boshladi.
1924-yil 10-yanvardan boshlab Junaydxonning
15 ming kishilik otliq va piyodalardan iborat qoʻshini Xivani qamal qilishga kirishgan.
16-yanvarda Xorazm SSRda harbiy holat joriy qilindi.
Qizil armiya qoʻmondonligi zudlik bilan Xorazmga katta miqdordagi harbiy kuchlarni joʻnatgach, 1924-yil fevral oyining boshlarida xalq qoʻzgʻoloni bostirildi va
bolsheviklar davlatning yangi jazolash (qatagʻon) organlarini tashkil qilishdi.
1924-yil 20-fevralda sovet prokuraturasi tuzildi.
Shuningdek, Xorazmdagi viloyatlarda 5 ta sovet xalq sudlari ham tashkil qilindi.
Bu davrda harbiy tribunal va Davlat siyosiy boshqarmasi
(GPU) faoliyati yanada kuchaytirildi.
Bu jazolash organlari kommunistik mafkurani tan olmagan
har qanday kishilarni qatagʻon qilishni avj oldirdi.
Butun Xorazm xalq vakillarining 5-qurultoyi (1924-yil 29-oktabr–2-noyabr)
Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish munosabati bilan Xorazm SSR tugatilishini eʼlon qildi.
Xorazm SSRning oʻzbeklar yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan
Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi.
Xorazm SSRning qolgan hududlari
Turkmaniston SSR va
Qoraqalpoq muxtor viloyati ( Qozogʻiston ASSR tarkibida)ga qoʻshildi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan so’ng xulosamiz salbiy bo’lishi ehtimoli mavjud bo’lib, o’sha davrdagi islohotlar ijobiy o’zgarishlarga ham ta’sir qilgan masalan: 1920–21-yillarda Xorazm XSRda agrar sohada dastlabki oʻzgarishlar amalga oshirilib, 10 ming desyatina ссылка yer dehqonlarga boʻlib berildi.
Bundan tashqari, ularga urugʻ, dehqonchilik asboblari hamda ssuda ссылка (qarz) ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 5 ming chorva mol sotildi.
Eski sugʻorish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi.
Masalan, 1922-yil oxirigacha Xorazm dehqonlari
Hazoraspdan Xoʻjayligacha boʻlgan hududda 12 ta damba qurdilar.
1922-yilda chorakor va kambagʻallarga yer boʻlib berish uchun
davlat yer fondi tuzishga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan ssudalar berish uchun davlat dehqonlar bankini taʼsis etishga qaror qilindi.
Bankka 3 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.
Xullas, 1921–22-yillarda
400 ming tanobdan ortiqroq yer kambagʻal dehqonlarga berildi.
1920 yillarning boshlarida Xorazmda jami 35 ming chig’ir ishladi.
1923 yil RSFSR Xorazmga yordamlashish uchun 100 nafar agronom jo’natadi.
1923 yildan milliy masalaga e’tibor kuchayib
1. Xiva,
2. Xo’jayli,
3. Toshhovuz viloyatlari vujudga keldi va
suv masalasida uch viloyat vakillaridan kengash tuzildi.
1923 yil Xiva shahrida rus davlat banki ochildi va
Xorazm dehqonlarining Moskvadagi qishloq xo’jaligi ko’rgazmasiga safari uyushtirildi.
Moskva ko’rgazmasida Turkiston, Xiva, Buxoro
mehnatkashlari hayotini aks ettiruvchi buyumlar, materiallar qo’yilgan maxsus bo’lim tashkil qilindi.
Ana shu tariqa Xorazm hayoti jahon xalqlari ko’z oldida yana ham yaqqolroq ko’rina boshladi.