3-modda. Karrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonundagi asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan
shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab
moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida
qonunga xilof ravishda foydalanishi,
xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan,
sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

(3-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita)
manfaatdorlik shaxsning mansab yoki
xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud
ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan
fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari
o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

Manba: Karrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun. 2017-yil 3-yanvar,