Dashti qipchoq atamasining boshqacha nomlari.
Ma’lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tiyanshan tog’ tizmalarining Shimoliy yon bag’irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar Dashti Qipchoq nomi bi-lan atalgan. Bu Dashti Qipchoq atamasini XI asrda Nosir Xisrav qo’llagan. Dashti Qipchoq XI-XV asrlarga oid arab va fors manbalarida tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida – qipchoqlar, rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan.
Dashti Qipchoq XIII asr boshlarida Chingizxon qo’shinlari to-monidan bosib olingach, tarixda Jo’ji ulusi nomi bilan atalgan Oltin O’rda davlati barpo etiladi. XIV asr boshlarida Jo’ji ulusi, ya’ni Oltin O’rda ikkiga bo’linib ketadi. XIV asrning 60-yillaridan Dashti Qipchoqning sharqiy qismi «O’zbeklar mamlakati», aholi-si esa «o’zbeklar» deb atala boshlangan.
Manba: “Vatan tarixi: ikkinchi kitob 1-mavzu.