8-modda. O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi va uning hududiy kengashlari

8-moddaning nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi (bundan buyon matnda Milliy kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.

Milliy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
2. korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning
faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
3. aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
4. korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
5. korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
6. korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
7. korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

Manba: Karrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun. 2017-yil 3-yanvar.