O’zbek shaxmatchilari Niderrlandiyada. Tata Steel-2023

Nodirbek Аbdusattorov hamda Javohir Sindarov 13-29-yanvar kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida 85-marotaba tashkil etilayotgan “Tata Steel-2023</” turnirida qatnashishdi. Turnir ikki guruhdan iborat bo’lib birinchisi “Masters” ikkinchisi esa “Chellenjer” deb nomlandi. Ushbu jarayon Xushnudbek Hudoyberdiyevning telegram kanalida yoritib borildi. Biz quyidagi ma’lumotlarni aynan blogirning kanalidan oldik.

Nodirbek Abdusattorov ishtirok etayotgan “Masters” guruhida
Magnus Karlsen, Ding Liren, Fabio Karauna, Uesli So, Gukesh va
boshqa ko’plab kuchli shaxmatchilardan tashkil topgan 14 nafar ishtirokchi gʼoliblik uchun kurashdi.
Jahongir Sindarov esa, “Chellenjer” guruhida dona surdi.

Ikkalaguruhda ham 14 nafardan shaxmatchi qatnashdi va turnir jami 13 turdan iborat. Ya’ni barcha shaxmatchilar bir-biri bilan o’ynab chiqishdi.

 Nodirbek Abdusattorov

5-turga kelib Nodirbek Abdusattorov (qoradonalarda)amaldagi shaxmat toji egasi Magnus Karlsen (oqdonalarda)bilan kuchsinashib g’alaba qozondi.Bungacha ikkalasi klassik shaxmatda sira to’qnash kelmagandi. Bu o’yin birinchisi bo’ldi.Shunday qilib Nodirbek 2800+ eng yuqori reytingdagi shaxmatchini qora donalarda yutgan ilk shaxmatchi bo’lib tarixga kirdi.
Nodirbek Abdusattorov 5-turdan so’ng 4 ochko bilan Tata Steel Chess Masters turnirining yakka peshqadamiga aylanib oldi. Vatandoshimizni qudratini ko’rgan butun dunyo uning mahoratiga va aqliga tan berdi.

Quyidagi videoda ana o’sha partiyani tahlilini ko’rishingiz mumkin!

Nodirbekning ingiliz tilida bergan interyusi

6- turda Nodirbek hind shaxmatchisi Praggnanandhaa bilan durrang o’ynab 4,5 ochko bilan “Masters” guruhida yakka peshqadamlikni qo’lida saqlab qoldi. 7-turda qora donalarda o’ynagan Nodirbek hind grossmeysteri Arjun Erigaysi ustidan chiroyli g’alabaga erishdi. Dastlab partiya murakkab boshlandi, debyutda (partiya boshi) Arjun biroz ustunlikka erishdi. Ammo mittelshpilda (partiya o’rtasi) u bir nechta noaniq yurishlar qildi, Nodirbek esa buni kechirmadi. Endshpilda (partiya oxiri) Nodirbek shu daraja kuchli o’ynadiki, raqib butunlay tor-mor keltirildi va Arjun 43-yurishdan keyin taslim bo’ldi. Nodirbek 5,5 ochko bilan Masters guruhida yaqqol peshqadamga aylanib oldi. 8-turda Nodirbek Abdusattorov tajribali Levon Aronyan bilan durang o’ynadi. Ushbu natijadan so’ng Nodirbek 6 ochko bilan turnir peshqadamligini saqlab qoldi. 9-turda Винсент Кеймерга қарши дона суриб, дуранг ўйнади. 6,5 очко жамғарган Нодирбек якка пешқадамlikni o’zida saqlab qoldi.
Nodirbek Abdusattorov Germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi o‘tgan 7 soatlik o’yini haqida fikrlari

10-turda jahon reytingida 2-o’rinda borayotgan ??Ding Liren bilan murosa yo’lini tanladi. Partiya juda qisqa bo’ldi. Ikkala sportchi ham boshidan durangga roziligi sezilib turdi. Shu sababli tezda sipohlar almashilgach, 27-yurishdayoq durangga imzo chekishdi. Shunday qilib Nodirbek 7 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. 2-o’rindagi ??Anish Girida 6,5 ochko bor. 11-turda shu ikki yetakchi shaxmatchi o’zaro kuch sinashishdi va “Chempionlik janggi” deya nom olgan bu turdakuchlar yana teng keldi. 12-turda Nodirbek Abdusattorov asosiy ta’qibchilaridan biri Uesli So bilan durang o’ynadi. Nodirbek 8 ochko bilan peshqadamlikni o’zida saqlab qoldi. Nodirbek 5-turdan buyon turnirda yakka peshqadam va hech kimni o’ziga tenglashtirmagan, biror marta mag’lub bo’lmagan 4 shaxmatchidan biri bo’lib turibdi. Ohirgi 13-turda Afsuski Nodirbek mag’lub bo’ldi. Anish Giri Tata Steel Chess-2023 turniri Masters guruhi chempioni bo’ldi.

 Blogir Xushnudbek hissiyotlarini telegramdagi bulogida ulashdi:

1) Turnirning boshidan toki oxirgi turigacha yetakchi bo’lib, eng oxirida chempionlikni qo’ldan bergani albatta biroz alamli bo’ldi;
2) Ammo xursand qiladigan tomoni, Nodirbek ushbu turnirning asosiy qahramoni bo’ldi. Butun dunyodagi shaxmat olami yangi shaxmat qiroli yetishib kelayotganini ko’rib, e’tirof etdi. Magnus Karlsenni taslim qildi. Eng qimmatli reyting ochkolarini qo’lga kiritdi. Dunyoning TOP-20 shaxmatchisi tarkibiga kirdi.

Umuman olganda Nodirbek ushbu turnirdan so’ng dunyoning elita shaxmatchilar qatlamiga kirgani tan olindi.

Solishtirsak, xafagarchilikdan ko’ra, xursandchilik ko’proq.

Oxirgi turdagi mag’lubiyat esa ko’proq yoshga doir psixologiya bilan bog’liq, menimcha. Bu xatolar, bu alamlar esa tajriba uchun juda kerak.

Xullas, Nodirbek, barakalla! Ota-onangga, ustozlaringga ming rahmat! To’xtama, gaziga bos! Jahon tojini kiyganingni ko’rish nasib qilsin, ilohim.

 Javohir Sindorov:

Javohir Sindorov ham “Challangers” guruhida 5 ta turdan keyin u ham yetakchilar safida. 3,5 ochko bilan kuchli uchlikga ko’tarilib oldi. 6-raunda Javohir Sindarov braziliyalik Luis Supi bilan durangga rozi bo’ldi va 4 ochko bilan “Challangers” guruhida 3-4-o’rinlarni bo’lishib oldi. 7-turda mezbon shaxmatchi Elin Robers ustidan ishonchli g’alabaga erishdi. Partiya davomida Sindorov deyarli qiyinchilikka duch kelmadi. G’alaba natijasida Javohir 5 ochko bilan 2-o’ringa ko’tarilib oldi. Afsuski 8-turda Mustafo Yilmazdan mag’lub bo’ldi. Javohir bu turga kelib 5 ochko bilan 4-o’ringa tushib qoldi. 9-turda Синдоров америкалик Абхиманю Мишрани таслим этди. Ушбу ғалабадан кейин 6 очко жамғарган Жавоҳир 2-ўринга кўтарилиб олди. 10-turda Ervin Lami bilan durang o’ynadi. Bu o’yin ham ortiqcha keskinliklarsiz o’tdi. Javohir 6,5 ochko bilan 3-o’rinda bormoqda. 1 va 2-o’rindagi shaxmatchilarda 7 ochko bor. Bu degani Sindorov chempionlik uchun jangni davom ettiradi. Ammo 11-turga kelib Challengers guruhidagiJavohirSindorov ham MaksVarmerdam bilan durang o’ynadi. 12-turda asosiy ta’qibchisi Muhammad Amin Tabatabayi bilan durang o’ynadi. Sindorov 7,5 ochko bilan 3-o’rinda bormoqda. Javohir chempion bo’lish imkonini qo’ldan chiqardi, u peshqadam Aleksandr Donchenkodan 1,5 ochko ortda qolayotgan edi. oxirgi 13-turda g’alaba qozondi hamda 8,5 ochko bilan Tata Steel Chess-2023 turnirining Challengers guruhida ?3-o’rinni egalladi. Kuchli turnirda juda yaxshi natija qayd etildi.

 O‘zbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi:

Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorovfoto yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour D’or” — “Oltin minora” sovrinini qabul qilib olishdi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.
Ushbu sovrin o’zbekistonlik shaxmatchilarning 2022-yilda qayd etgan natijalari (ayniqsa Shaxmat olimpiadasi g’olibligi) uchun berildi.