22-modda. Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar

Quyidagilardan iborat:

1. qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash, ma’muriy-boshqaruv jarayonining beg‘arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini oshirish;
2. o‘z ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda ma’muriy tartib-taomillarni batafsil tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
3. soddalashtirilgan ma’muriy tartib-taomillarni joriy etish;
4. davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash.

Qonunchilikda ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Manba: Karrupsiyaga qarshi kurashishto’g’risidagiqonun. 2017-yil 3-yanvar.