Tarixiy rekonstruksiya fanining nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Yozma manbalar va etnografik tadqiqotlar qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Biroq, yozuv noma’lum bo‘lgan va ilk yozuv rivojlangan davrlar tarixini qayta tiklash ko‘proq arxeologik ma’lumotlari bilan bog‘liqdir. Ular ashyoviy manba sifatida muayyan o‘tmish bosqichlar mahsuloti bo‘lib, turli tarixiy davrlar haqida turlicha axborotni o‘zida aks etgan.
Shu bois mazkur axborotni qo‘lga kiritish, o‘rganish va talqin qilish, tarixiy masalalariga oid rekonstruksiya usullarini ishlab chiqishi arxeologiya tadqiqotlarida o‘z dolzarbligi bilan ajralib turadi. Bu borada fanlararo manbalardan foydalanish, shu jumladan paleogeografiya, paleobotanika, paleozollogiya, tarixiy va etnik geografiyasi, yodgorliklar kartografiyasi manbalarini hisobga olish muhimdir.

Inson mehnat faoliyati

Tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab, inson mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar doirasida amalga oshirilgan. Ishlab chiqarish va ijtimoiy aloqalar mehnatning muhim sharti bo‘lgan. Tabiatda mavjud oziq – ovqat mahsulotlarining o‘zlashtirish jarayoni quyidagicha: inson-moddiy ishlab chiqarish – tabiiy muhit – foydalanish obektlari – mehnat qurollari – fauna va flora turlari kabi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishda rivoj topgan.
Arxeologiya fanida inson va atrof muhitning o‘zaro munosabatlari, paleogeografiya va antropogen landshaftning taraqqiyoti omillari, insonning faoliyati va turmush tarziga tabiy – geografik sharoitning ta’siri, shuningdek aksincha, odamlar jamiyatning ishlab chiqarish va tabiy resurslardan foydalanish oqibatida atrof muhitga ijtimoiy – iqtisodiy ta’sir darajasini aniqlash dolzarb vazifaga aylangan.
Uzoq o‘tmishdan boshlab, aholining turlicha tabiy – geografik sharoitda joylashganligi ma’lum. Tabiy muhit jamoa ishlab chiqarish, moddiy va ma’naviy madaniyati rivojlanishining asosi bo‘lib, turli shakllaridagi xo‘jalik – madaniyatlarni vujudga keltirgan edi. (termachilar, baliqchilar, ovchilar, ziroatkorlar va chorvadorlar madaniyatlari) xo‘jalik madaniy tiplarning birligi yaqin tabiy – geografik muhit bilan bog‘liq bo‘lgan holda, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilangan.
XX asrning 70- yillariga kelib, O‘rta Osiyo arxeologiyasi fanida hayot sharoiti, inson turmush tarzi va madaniyatining rekonstruksiyasi, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot, ayriboshlash va savdo – sotiq tizimi, ilk shaharlar va davlatlar tarixini qayta tiklash masalalari muhim ahamiyat kasb etdi.
Shu bois, turli manbalarga asoslangan holda, etnik aloqalar va etnomadaniy jarayonlar rekonstruksiyasi, ijtimoiy va iqtisodiy tuzilishi hamda e’tiqodlar, diniy qarashlar, ya’ni ma’naviy madaniyatning qayta tiklash uslublaridan keng foydalanish boshlandi.

Etnogeografiya fanining vazifalari

Manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya asosida shakllangan etnogeografiya fanning vazifalari xalqlar (etnik birliklarning) geografik joylashishi, uning xususiyatlari va boshqa xalqlar bilan o‘zaro munsabatlari xududiy joylashishi, uning xususiyatlari va boshqa xalqlar bilan o‘zaro munosabatlari, hududiy joylashish chegaralari, hududlarni o‘zlashtirish darajasi, aholining zichligi va boshqa masalalarni o‘rganishdan iboratdir. Mazkur masalalarning rekostruksiyasida etnik jarayonlari kartografiyasiga mo‘ljallangan manbalarni mukammal o‘rganish, turlicha mazmunga ega materiallardan keng foydalanish va tarixiy voqyelikka yaqin natijalar beruvchi kartografiya qoidasini tanlab olish – dolzarb vazifa hisoblanadi.

Tarixiy rekonstruksiya masalalari

Tarixiy rekonstruksiya masalalari obektini fanlararo manbalar va ilmiy ma’lumotlar tashkil etganligi sababli tarixiy – madaniy jarayonlarni qayta tiklashda fanlararo usullari va 3 D (uch o‘lchamli) texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega shu bois tarixiy rekonstruksiya masalalariga oid manbalarni tizimlashtirish, o‘rganish qiyosiy tahlil qilish hamda tarixiy ma’lumotlarni umumlashtirish va xulosalar chiqarish o‘z dolzarbligi bilan ajralib turadi.