Abdulla Qodiriyning ko’rinishi

Abdulla Qodiriyning ko’rinishi qanday bo’lgan? Ha o’zbek xalqining eng mashxur yozuvchisi qodiriyning ko’rinishi haqida turli foto suratlar mavjud bo’lib, ularning Ichida yozuvchiga yaqin bo’lgan ikki o’g’li Habibulla Qodiriy, Ma’sud Abdullayev va yozuvchi Oybekning ko’rganlariga asoslanib ranglarda emas so’zlarda adibni qanday tasvirlashgani bilan tanishib chiqamiz.

Habibulla Qodiriy tasavvuricha.

«Dadam o’rta bo’y, keng yelka, qoradan kelgan edilar. Yuzlari tugarakka moyil, uzun timqora sochlari sillik taralgan, keng peshana, qora yassi qosh, kisikrok zulukdek qora jozibali kuzlari
hamisha uzokni kurgandek uychan, burun kanoglari bir oz kerilgan,
kiska qora muylovli, lablari yupqa-qalin oraligida, pastki jag’lari sezilar-sezilmas keng o’siq, iyaklari chuqqidan kelgan edi.
So’l yuzlari bilan iyaklarining o’ng tomonida uch tiyinlik chaqadek bilinar-bilinmas yamoq (pendinka yarasining izi) bor; yuz, peshana va burun ustlarida siyrak bulsa-da, qora sepkil dog’lari kurinar; o’ng quloqlarida esa, «zirak takish uchun» bo’lsa kerak, chaqaloqligida teshilgan teshik o’rni bor edi…
U kishi yolg’iz chog’larida hamisha o’ychan, go’yo zo’r bir tashvishi bor-u, qaygu chekganday, hayol surganday kurinar edilar»

Ma’sud Abdullayevning tasavvuri.

Adibning kichik ugli Ma’sud Abdullayevning ota qiyefasi hakidagi tasavvuri akasinikiga yakin.
«Dadam urta buyli, qorachadan kelgan, yuzlarining chap tomonida chandiq (pendinka kasalidan
So’ng qoladigan asorat) bor edi, — deb eslaydi u. — Sochlari tim qora, silliq taralgan, qunduzsimon mo’ylov quygan edilar. Yurganlarida ikki qullari orkada, doim hayol surib yurardilar. Yoz faslida yoqasiz oq kuylak, oq shim, boshlariga sidirg’a mosh rang duxoba duppi, ustlarida banoras to’n, oyokdariga qora botinka (uyda esa qo’lda tikilgan kavush) kiyardilar.
Qish kunlari egnilariga chopon, boshlariga kuzichok terisi qoplangan suvsar telpak, qiskasi zamonaga mos oddiy kiyinar edilar»

Yozuvchi Oybek xotirida.

«Abdulla Qodiriy o’rta bo’yli va mikgidan kelgan, doimo to’n va baxmal duppi kiyib yuradigan, ko’rinishidan dehqonlarga o’xshagan, timqora- kuzlari kichik, o’tkir, shuxchan, sinovchan boquvchi, goho esa xuddi uzi bilan band bo’lganday beparvo kuringan bu kishi usha payglardayok mashxur yozuvchi edi…
Sirtdan Karaganda bosik, kamgap ko’rinar, chunki har bir so’zni taroziga solib ko’rar, og’ziga kelgan har bir so’zni ayta bermas, sekin va gapi xuddi uziga xalal berayotgandek yokinkiramay aran boshlardi.
U odiy mehnat kishilariga har mahal ham nasib bulavermaydigan darajada jismoniy mehnatga o’ch kishi edi…
Qodiriyning mehnatga uchligi — dehqondan chikkanligida bo’lsa kerak. O’zi ham huddi dehqonlarday tinim bilmasdan kattik mehnat kilar edi»

Xulosa.

Uch odam — Qodiriy jigarbandlari va uni yaqindan bilgan sinchkov yozuvchining ulug’ adib qiyofasi hakidagi esdaliklari bir biriga nihoyatda yakin, hamohang, bir-birini tuldiradi; ular yahlit
xolda adibning fotosuratlariga, musavvirlar chizgan portretlariga tushmay qolgan jonli siymosini barcha nozik jihatlari, ikirlari bilan ko’z oldimizga keltiradi. So’z orqali chizilgan adib chexrasida uning ichki dunyosi, tabiati ham zuhr etib turibdi.

Manba: “Qodiriy mujizasi