Sezgi organlari yordamida mevalarni o’rganamiz. Dars ishlanma
To’raqo’rg’on tuman maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasiga qarashli
13-maktab boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi To’raboyeva Diloromning 3-sinf
tabiiy fanining “Sezgi organlari yordamida mevalarni o’rganamiz”
mavzusida tayyorlagan Dars ishlanmasini yuklab olish.
O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
O’qituvchi Salom aziz bolalarim,
Guli rayhon lolalarim.
Qani tinglang so`zlarim,
Jajji o`g`il qizlarim.
O`quvchilar: Bizlar yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul lolamiz,
Ota-ona izmidan
Ustozlarning so`zidan
Bizlar also chiqmaymiz
Darsga shay gul – g`unchamiz
O`qituvchi: Hamma sog’mi, omonmi?
Yangi darsga tayyormi?
O`quvchilar: Bizlar sog’miz, omonmiz.
Yangi darsga tayyormiz.
O`qituvchi: Dars o’tishdan maqsad?
O`quvchilar: Vatanga hurmat, insoniylik burchim mening,
Ota-onam, elimga sodiq farzand bo’lmoqdir.
O`qituvchi: Biz kimmiz?
O`quvchilar: Barkamol avlodmiz,
Biz barkamol.
O’ktam avlodmiz, Kelajagi buyuk davlatmiz!
O`qituvchi: Sinfda bugun kim navbatchi?
Har narsadan habarchi.
Navbatchi: Sinfda men navbatchi,
Har narsadan habarchi.
3-„__“ sinfda jami __ ta
Barchalari kelishgan
Darsga tayyor bo`lishgan
O’qituvchi Hozir darsimiz nima?
O`quvchilar: TABIIY FAN
Tabiiy fan bu olam ilmi,
Berar bizga hayotdan saboq.
U bordurki, hayot sururli,
U bordurki, kelajak porloq