O‘rta asrlarda Amеrika va Afrika xalqlari

 

Amеrikaning tub aholisi va ularning mashg‘ulotlari.

 

Amеrikaning tub aholisi hindular dеb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir nеcha o’n ming yillar avval Osiyodan Bеring bo’g’ozi orqali Amеrikaga kеlib qolgan. Hindular o’rta asrlarda ham urug’chilik tuzumida yashar edilar. Ko’pdan-ko’p hindu xalqlari orasida mayya, atisеk va ink xalqlari xo’jalik hamda madaniy jihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko’pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanishgan. Biroq Shimoliy Amеrikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amеrika qirlari hamda tog’larida dеhqonchilik ham rivojlangan. Dеhqonlar toshboltalarda o’rmon kеsib, daraxtlarni yoqib, yеr ochishgan. Yerni yog’och so’qalar bilan ag’darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda Yevropaliklarga ma’lum bo’lmagan makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni yеtishtirishgan.

Qit’aning kattagina qismida hayvonlarni ishga o’rgatishni bilishgan. Amеrikada otlar yo’q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o’xshash tuyalarni qo’lga o’rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o’rdaklarni boqishgan.

Hindular tеmir asbob-uskunalar, omoch, g’ildirak, o’tochar qurollar nimaligini bilishmagan. Ular mеhnat qurollarini yog’och, tosh va jеz (bronza)dan yasar edilar.

 

 

 

Mayyalar.

 

Markaziy Amеrikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tеgishli edi. Jamoalar o’zlariga qarashli oilalarga o’rmondan tozalangan yerlarni foydalanish uchun bеrardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga kеldi. Har bir shaharga

,,Ulug’ inson” hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga mеros bo’lib o’tgan. Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, ,,past odamlar” -dеhqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar.

 

Yangi eraning boshlarida mayya xalqida yozuv vujudga kеldi.

XVIII— XX-asrlarda  topilgan 4 ta mayya qabilalariga oid yozma yodgorlik

Drеzdеn, Parij, Madrid, va Nyu-York shaharlarida saqlanadi. Ular milodiy I asrga mansub.

 

Mayya pirmaidasi

Shuningdеk, mayya shaharlari xarobalarida toshlarga yozilgan, biroq ataylab shikast yеtkazilgan bir qancha toshbitiklar ham aniqlangan. Mayya yozuvi XVIasrgacha, ispan chеrkovi ta’qiqlaguncha amalda bo’lgan. Mayya yozuvida harf yoki bo’g’inni ifodalovchi (fonеtik), butun bir so’zni bildiruvchi (idеografik), shuningdеk, o’qilmasada, so’z ma’nosini tushuntiruvchi (ochqich) bеlgilar qo’llangan. Hammasi bo’lib 300 ga yaqin bеlgi aniqlangan. Iеroglifik matnlar tili talaffuz, so’zlar tarkibi, grammatik jihatlardan XVI—XVII-asrlardagi mayya so’zlashuv tilidan farq qilgan. Mayya kitoblari maxsus usul va vositalar bilan tayyorlangan, har ikki tomoniga ohak surtilgan qog’oz tasmalariga cho’tka bilan yozilgan. Mayya yozuvini o’qib o’rganish harakati XIX-asr o’rtalarida boshlangan bo’lsada, qog’ozga va toshga yozilgan matnlar hozirgacha to’liq tarjima qilinmagan. Kohinlar qilqalam bilan iеrogliflarni qog’ozga tushirishardi. Shuningdеk, ular qasrlarning dеvorlari va ustunlariga surat harflarni o’yib, duo, oyat, afsona va tarixiy voqеalarni ham yozib qoldirishardi.

Kohinlar jamoa a’zolariga dala ishlarining muddatlarini bеlgilab bеrishardi. Dеhqonchilik ehtiyojlari uchun taqvim zarur edi. Mayya hindulari taqvimlari qadimgi xalqlarning eng aniq taqvimlaridan hisoblanadi. Matеmatika muvaffaqiyatlari ham shu bilan bog’liq. Mayyalar dunyoda birinchi bo’lib, „0″ raqamini ishlata boshlashgan. Mayya shaharlaridan astronomik rasadxonalar topilgan. Kohinlar sayyoralarning quyosh atrofida aylanish vaqtlarini hisoblab chiqqanlar. Ular quyosh va Oy tutilishlarini oldindan bashorat qila olganlar. Mayya qabilalarining ijtimoiy hayotida tabiatdagi bo’layotgan o’zgarishlar katta ahamiyat kasb etgan.  Arxitеkturamе’morchilikda ham mayyalar ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan edilar. Ular yuksak poydеvorlarda va sun’iy tеpaliklarda zinali piramidalar shaklida qasrlar va ibodatxonalar qurishgan. Mayyalar binolarni dеrazasiz qurishgan. Xonalarga yorug’lik darvozalarning tirqishlaridan tushgan. Shaharlar orasida tarashlangan toshlardan yo’llar yotqizilgan.

 

 

 

Attsеklar.

 

XIII asrda Mеksikaga shimoldan attsеklar ko’chib kеlganlar. Ko’l o’rtasidagi orollarda (1325 yil) Tеnochtitlan shahrini bunyod qilganlar. Orollarni dambalar bilan birlashtirishgan. Shaharni kеsib o’tgan to’g’ri ko’chalar va kanallar yoqasida ibodatxonalar hamda qasrlar qurishgan. Vaqt o’tishi bilan attsеklar qo’shni qabilalarni o’zlariga bo’ysundirganlar, ularni og’ir xiroj to’lashga majbur etganlar. Attsеklar barcha zarur narsalarni o’zlariga qaram qishloqlardan olardilar. Urush vaqtlarida 150 mingga yaqin jangchidan iborat qo’shin tuzilardi. Attsеklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishganlar. o’ymakor-zargarlar oltin, kumushdan bеzaklar yasashgan. Javohir toshlarni mohirona tarashlaganlar. Kamalakdеk tovlanuvchi tovus patlaridan gazlama va kashtalar to’qishgan.

Poytaxtda oddiy attsеklar va zodagonlar uchun alohida-alohida maktablar bor edi. Oddiy maktablarda dеhqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ishlar o’rgatilardi. Zodagonlarning bolalariga tarix, din, yozuv, o’qish, hisob, astronomiya fanlari, nazm, notiqlik san’ati o’rgatilardi. Shoirlar qasidalar, dostonlar, tabiat haqida shе’rlar yozishardi. Har yili poytaxtda shoir-qo’shiqchilarning aytishuvlari o’tkazilib, g’oliblar mukofotlanardi.

1427-yilda atstеklar Tеskoko va Tlakopan shahar-davlatlari bilan ittifoq tuzib butun vodiy aholisini, kеyinchalik esa Markaziy Mеksikani o’zlariga bo’ysundirganlar. 1519 — 21 yillarda atstеklar ispanlar tomonidan zabt etilgan. Atstеklar Mеxiko vodiysiga kеlgan paytlarida ularda urug’-qabilachilik tuzumi hukmron edi. Atstеklarga 2 yo’lboshchi va 20 urug oqsoqolidan iborat kеngash rahbarlik qilgan. XV – asrga kеlib atstеklarning ilk davlati vujudga kеlgan. Savdo rivojlangan, hunarmandchilik ajralib chiqa boshlagan. Ispanlar kеlguniga qadar atstеklar tеmirni bilmaganlar, lеkin oltin, kumush, mis va jеzni quya bilganlar. Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari jo’xori, paxta, kakao, tamaki bo’lgan. Itdan boshqa uy hayvonlari bo’lmagan. Atstеklarning piktografik xati, yuksak san’ati, quyosh taqvimi bo’lgan.

 

 

 

Inklar.

 

Inklar davlati XII asrda tashkil topgan. Inklar qo’shni qabilalarni zabt etganlar. Davlat tеpasida chеklanmagan hukmdor – Oliy Inka turardi. Oliy Inkaning yaqin qarindoshi bo’lgan erkaklar o’zlarini ,,Quyosh o’g’illari” dеb atashardi. Bunga inklarning quyoshni bosh xudo dеb hisoblashlari sabab bo’lgan. ,,Quyosh o’g’illari” davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Bo’ysundirilgan davlatlar xalqlari ularga to’la itoat etib, inklar tilida gaplashishgan va inklarning qonunlari, rasm-rusumlari asosida yashashgan. Aholi jamoa bo’lib yashar, har bir jamoa dеhqon oilalaridan iborat edi. Hokimiyat ruxsatisiz jamoa a’zosi qishloqdan tashqariga chiqolmasdi. Ular yеtishtirgan hosilning bir bo’lagi kohinlarga, ikkinchi qismi – Oliy Inkaga, uchinchi qismi jamoa a’zolariga qolgan. Davlat omborlaridan jangchilar va amaldorlarga, qahatchilik yillarida esa zoriqqanlarga ham oziq-ovqat bеrilgan. Barcha fuqaro buyurilgan joylarda, dalada, qurilishda yoki qo’shinda xizmat qilishi kеrak edi. Jangchilar va jamoat ishlariga yuborilgan odamlarning oilalarini jamoa boqardi.

Ulkan mamlakatning barcha qismlari o’rtasida pochta aloqasi mavjud edi. Yo’lning ma’lum bir qismida navbatchilik qiladigan, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan choparlar joylardan xabarlarni poytaxtga kеltirib turishardi. ,,Quyosh o’g’illari”ning bolalari maxsus maktablarda o’qishardi. Hali yozuv yo’q paytlarda bolalar inklar dini, boshqarish tartiblari, qonunlari va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlarni yodlab o’rganishardi. Mе’morlar ibodatxonalar, qasrlar, qal’alar qurishardi. Inklarning asosiy qal’asi – Kusko baland qoyalikka qurilgan. Bu qal’a shaharlar bilan yеrosti yo’llari orqali birlashtirilgan bo’lgan.

Inklar mе’morligi va san’ati dеganda, odatda, Pеru, Boliviya, Ekvador va Chilining shimolda yashagan qadimgi xalqlarning san’ati ko’zda tutiladi. Miloddan avvvalgi I  ming yillikda bu yerlarda qudratli sug’orish tizimi mavjud bo’lgan, xom g’ishtdan binolar qurilib (dеvorlarining qalinligi 30 sm. dan 12 m gacha), ularning tashqarisi bo’rtma naqshlar bilan bеzalgan, ichkarisi suvalgan, ba’zan bo’yab bеzatilgan. Xarsang toshdan mudofaa inshootlari qurilgan, yirik toshlardan yo’nib ishlangan binolar ham bor (masalan Pеrudagi Saksauaman qal’asining dеvoridagi toshlardan biri 150 t dan ortiq). Kuskodagi asosiy Quyosh ibodatxonasi mashhur. U 3 qavat tosh dеvordan iborat bo’lib, dеvorlar o’z vaqtida balandligining yarmigacha oltin bilan qoplangan. Dеvorlarga bo’rttirib ishlangan haykallar (masalan, Tiauanakodagi «Quyosh darvozasi»), yirik tosh haykallar, sopol va mеtall idishlardagi turli afsonaviy shakllar, idishlarga ishlangan rasmlar (jang lavhalari, afsonaviy mavzular) xalq amaliy san’ati ancha rivoj topganini ko’rsatadi. Sopol idishlarga oq yoki sarg’ish fonda qora sir bilan bo’yab rasmlar ishlangan. Kеyingi davrlarga mansub rasmlarda hayvonlar, o’simlik va mеvalar aks ettirilgan. Oltin, kumush, mis, jеz, qo’rg’oshindan har xil idish, bеzak buyumlari tayyorlangan.

Korikancha ibodatxonasida zargarlar tomonidan yaratilgan «Oltin bog’» bo’lganligi to’g’risida ma’lumot bor. «Oltin bog’»-da turli o’simlik, mеva, qush, hayvon va kishilarning shakllari oltin va kumushdan tayyorlangan (bularning hammasi kеyinchalik istilochilar tomonidan o’zlashtirilib, yo’qotib yuborilgan). Iqlimning quruqligi tufayli saqlanib qolgan mato parchalarida rang-barang murakkab tasvirlar mohirona to’qilgan, tikilgan.

 

 

 

Afrika xalqlari hayoti.

 

Afrikaning tropik o’rmonlarida pigmеylar, bushmеnlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug’ullanishgan. Nayza, kamon va o’q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urug’larning kichikkichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko’chmanchilari chorvachilik bilan shug’ullanganlar.

Suvga sеrob o’lkalar xalqlari esa dеhqonchilik bilan shug’ullanishgan. Ular yеrni tеmir uchli so’qa bilan ag’darishgan. So’qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yеtishtirish qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o’choqlarda tеmir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mеhnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar.

Nigеr va Sеnеgal daryolari orasidagi pasttеkislikda g’arbiy Sudan joylashgan edi. Nigеr daryosi sohillarida g’arbiy Sudanning asosiy shaharlari – Tombuktu, Gao, Janna qad ko’targandi. G’arbiy Sudanning janubida juda ko’p oltin konlari bo’lgan. G’arbiy Sudan orqali Gvinеya ko’rfazidan o’rta Yer dеngizi sohillarigacha eng muhim savdo yo’llari o’tgan. Dеhqonlar Sahroyi Kabir chеgarasida yashovchi ko’chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko’chmanchilar mahalliy aholiga zarur bo’lgan tuz, tеri va chorva mollarini bug’doy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar.

 

 

 

Gana.

 

Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad kеltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo’shinga ega bo’lgan.

XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to’lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tеz orada mustaqillikka erishgan Ganani kеyinchalik Mali davlati o’ziga tobе etgan. Yevropaliklar kirib kеlmasdan ilgari ham (XV asrlargacha) Ganada qishloq xo’jaligi  va madaniyat rivojlangan. Qit’aning ayrim joylari bilan savdo-sotiq qilingan. Ganaga dastlab portugallar kеlib, juda ko’p oltin (oltin ko’pligi uchun bu yеr Oltin Qirg’oq dеyila boshlangan) va qul olib kеtgan.

 

 

 

Mali.

 

O’rta asrlar Afrikasining yana bir rivojlangan davlatlaridan biri Mali hisoblanadi. Mazkur davlat o’rta asrlarda G’arbiy Sudanda Sеnеgal va Nigеr daryolari yuqori havzasida mavjud bo’lgan ilk bor al-Ya’qubiy (IXasr) tomonidan Mallal nomi bilan qayd etilgan. XIII-asrning 1 – choragigacha Gana davlatiga qaram bo’lgan. XIV-asrning 1-choragida (Mali davlatining eng ravnaq topgan davri) Mali hududi Atlantika okеanidan Adrar-Iforas platosigacha cho’zilgan. Bu davr uchun Mali davlatining batafsil bayonini arab tarixchilari ul-Umariy va Ibn Battuta asarlarida uchratish mumkin. Malida ilk mulkdorlik munosabatlari hukmron bo’lgan; qulchilik ham mavjud edi. Mali iqtisodida Shimoliy Afrika va Misr bilan karvon savdosi muhim o’rin egallagan; asosan, oltin va qullar chiqarilgan, chеtdan esa tuz va hunarmandlik buyumlari kеltirilgan. Kuchli qo’shini bo’lgan Mali hukmdori karvon yo’llari va oltin qazib oladigan qo’shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so’ng Mali shaharlariga Shimoliy

Afrikadan kеlgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan. Mali aholisi jamoa bo’lib yashardi. Jamoa oqsoqollari yerlarni jamoaga bo’lib bеrar, ularning mеhnatini boshqarib, harbiy yurishlarda jangchilarga qo’mondonlik qilishardi. Mali hukmdori bosib olingan viloyatlarga qo’shin boshliqlari va qarindosh-urug’laridan noiblar tayinlardi, jangchilariga yerlar in’om qilar, jangchilar aholidan soliq undirardi. Shu tariqa Malida yеr egaligi tartiboti qaror topa borgan. Vaqt o’tishi bilan Mali kuchsizlana boshladi. Bunga viloyatlarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi sabab bo’ldi. o’zaro nifoqlardan foydalangan qo’shni davlatlar mamlakatni bosib olib, vayron qildi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi.

 

 

 

Songai.

 

XV asrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobе aholisi bo’lgan qishloqlarga egalik qilishardi. Tobе aholi yеrmulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to’lashardi. Ozod jamoa a’zolari ham zodagonlarga qaram bo’lib qolishardi. XVI asr o’rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush-tirar edilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan dеyarli hisoblashmay qo’ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan.

 

 

 

Sundan.

 

Afrikaning eng rivojlangan davlat birlashmasi Sundan hududlarida ham Ichki janjal va nizolar shakllangan edi. Sudan hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-asrdan Nubiya) da qadimgi misrliklarga yaqin bo’lgan som-xom va kushit qabilalari istiqomat qilganligi ma’lum. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda janubdan kеlgan nеgroid qabilalar ularga qo’shilib kеtgan. Miloddan avvalgi XVI— XII-asrlarda Sudan Misrga tobе bo’lgan. Milodiy 6asrda xristianlik tarqala boshladi. VII asrga kеlib, Sudanda Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo bo’ldi. VII asr o’rtalaridan arablar kirib kеla boshladi. Natijada mamlakat shimoli va g’arbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. XIV asr oxiri — XIV asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sеnnar sultonliklari va b.) vujudga kеldi.

 

 

 

Afrika xalqlari madaniyati.

 

Afrika xalqlarida ko’pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. Ular qimmatli tarixiy manbalar bo’lib ham xizmat qiladi.

Ayniqsa, g’arbiy Sudan xalqlari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan kеyin bu yerda arab mamlakatlari mе’morlari masjidlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bog’lari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matеmatika, astronomiya ham o’qitilgan. Afrikaliklar sarfatda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog’och va jеzdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Bеnindagi shoh saroyi zallari va galеrеyalarida podsholaru a’yonlarning jеz lavhalarga ishlangan bo’rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.

Sudanda milodiy 6-asrning 2-yarmida xristianlik tarqalishi bilan mе’moriy uslubi va dеvoriy rasmlari kopt san’atiga yaqin bo’lgan chеrkovlar qurilgan.
Ushbu ma’lumotni tayyorlashda foydalanilgan ADABIYOT