Abdulla Qodiriyning Islom diniga munosabati qanday bo’lgan?
adibning dinga munosabati haqida ozgina to’htalsak. Chunki u yashagan davrda ta’sir doirasi nihoyatda keng mafkuraviy kuch—dinga munosabat ham Qodiriyning xayotiy va ijodiy takdirida muhim o’rin tutadi.
Buning ustiga dinga munosabat usha yillarda hiyla keskin va murakkab tus olgan edi. Qodiriyning ilk asarlaridan biri «Baxtsiz kuyov»dan tortib, inqilobdan keyin yaratgan o’nlab publisistik maqolalarida, bir kator chikishlarida, «Kalvak maxzumning xotira daftari»yu, «Mexrobdan chayon» va «Obid ketmon»da uning islom diniga oid karashlari aks etgan.
«Baxtsiz kuyov»dagi domla-imom, «Tinch ish»dagi Ohun domla, mashxur xajviy qissa qaxramoni Kalvak maxzum, «Mexrobdan chayon»dagi Abduraxmon va Solix mahdum, «Obid ketmon»dagi Xatib domla bilan mulla Muxsin — mana shu ruhoniy shaxslar yozuvchi ijodida butun bir obrazlar turkumini tashkil etadi.
Biz shu paytga qadar ularning barchasini yoppasiga «dinning reaksion mohiyatini fosh etuvchi», tankid ostiga oluvchi «salbiy» yoki «satirik» kaxramonlar deb keldik. Xolbuki, bu obrazlarning asl mohiyati, biz avvallari o’ylagandan kura kengrok, chukurrok, ularda tajassum topgan ma’no, haqikat serjiloroq.
Qodiriy ilk asarlaridanok barcha jadidlar kabi islom mafkurasi asosida xalqning ravnaqini uylaydi, xayotdagi, jumladan, ruhoniylar davrasidagi shariatga zid bid’atlarni, qolok taomillarni tanqid qiladi. Oktyabr inkilobidan keyin bunday tankid boshkacha, birmuncha ziddiyatli kurinish kasb etadi. Yozuvchi ma’lum muddat 20-yillar avvalida keng avj oldirilgan dinga va dindorlarga karshi shiddatli kurash kampaniyasi ta’sirida din va diniy udumlarni yoppasiga keskin fosh etuvchi, dindorlarni yer bilan yakson etuvchi asarlar yozdi.
«Ro’za, iftor, xatm, zakot», «O’zr», «Laxmi Kadid», «Zamonaning zayli», «Kurbon bayrami», «Sovunak qori bilan Magzava qori», «Qurbonlik ug’rilari» maqolalarida shunday xollarga duch kelamiz.
Maqolalarga sharh
Masalan, «Laxmi Kadid» maqolasida din tarixi xaqida muloxaza yuritib, jamiki dinlarni fakatgina asossiz janjallarga sabab bo’lgan xodisa sifatida bir yoqlama baxolaydi.
«Sanamparast tentaklar» maqolasida musulmon dunyosidagi qoloqliklarning birdan-bir sababchisi, bosh aybdori islom mafkurasi deb sanaydi.
Uningcha: «Musulmon dunyosini xaqqila parazit holga keltirgan narsa shubhasiz islom avhomotidir.
Xurofot qotishqon bo’tqani doimiy tanovul kilish orqasida islom millati oti ulug, suprasi quruq bir sha’ni-shavkatga ega, o’zi kabi dunyoda najib millat yo’q, degan quruq hayolga band bo’ldi, najobati orqasida tangriga va ham tangrining «badbaxt» kullariga qul va asir bo’lib oz koldiki, og’illarda hayvonlar katorida istirohat kilsun…»
«Sovinak qori bilan Magzava qori»da muallif nuqul ruhoniylar shaxsiyatini haqorat kilish bilan mashg’ul bo’ladi.
«Ro’za, iftor, hatm, zakot» hajviyasida esa dindorlarni «Xatming, iftoring, zakoting bilan ko’shmozor bo’l» — deb so’kadi.
«Shallaki» maqolasida Rozi Yunusning o’z sha’niga tegadigan sirli qochiriqlarini rad etarkan, o’z navbatida, raqibining bir vaqtlar diniy ruhda asarlar bitganini yuziga soladi.
«Turma xotirasi» asaridan ayrim satrlarni keltiradi. «Bo’sh vaqtingiz bo’lsa, — deya kesatik qiladi maqola muallifi, — o’tgan asrda emas, shu 20-asrning 20-yilida nashr kilingan asari ojizonangizdagi «hamd»ni o’qingiz:
«Hamd aytarman yiglab-yiglab Xudoyimga.
To’kib yoshim roz ayturman Allohimga
Jonim birla na’t ayturman rasululloh,,
habibingni xurmatidan bergil panoh».
Bu satrlar qanday sharoitda, qanday maqsadda, kim tomonidan aytilganligini muallif sharqlab o’tirmaydi;
diniy ruhdagi satrlarni matndan shundoq ajratib olib raqibi «tilini kisib kuyish» uchun dastak sifatida foydalanadi.
holbuki, «Turma xotirasi yohud haqsizlik kasofati»ning yaratilish tarixi F. Yunusni yaqindan bilgan Qodiriyga ayon bo’lishi kerak.
F. Yunus 1917 yil 23 noyabrda chaquv bilan qamaladi, birmuncha vaqt turmada yotadi, turma azobini tatib ko’radi.
Qamoqdan chiqqach, turmadagi xotira, taassurotlari asosida «Turma xotirasi» she’riy asarini yozadi,
asar 1918—1920 yillarda ikki bor chop etiladi, xalq orasida mashxur bo’lib ketadi.
Asarda nohaq qamoqqa tushgan odamning xolat, kayfiyat, nolish va iltijolari ifodasida, darhaqiqat, Qodiriy keltirgan diniy ruhdagi satrlar mavjud.
Bundan g’oyaviy hato izlashga hojat yo’q edi. Buning ustiga F. Yunus aytganiday, 1918 yil sharoitida matbuot orqali Xudo va Rasulni dastak qilib xitobnomalar tarqatish siyosatga xilof sanalmas edi.
«Sanamparast tentaklar» maqolasida mozorlarni, dinga aloqador osori atiqalarni vayron etayotgan jangari kimsalar xatti-harakatini himoya qilib chiqadi, «boylar tomonidan bino qilinib, xalqning gumrohdik ko’chasiga kiritgan bunday zararlik o’ylarni negizidan ko’tarib tashlashga» da’vat etadi;
bu harakatga qarshilik ko’rsatgan, xalqni bunday buzgunchilikka karshi qo’zgagan dindor shaxslarni esa «sanamparasttentaklar» deb ataydi.
Muallif o’z fikrining xaqligini isbotlash uchun Rossiyadagi vokealarni eslatadi:
«Rusiyaning butun shaharlarida qurilg’on, «Osori atiqa» deb, hisob kilsa bo’ladir Bon xisobsiz obidalar — pamyatniklar buzilib tashlandi. Shuning uchun buzildikim: u obida va pamyatniklar tarixiy va «Osori atiqa» bo’lgoni bilan, ularning qolishi zararli edi».
Yozuvchi ulardan ibrat olishga chaqiradi: «Mana bizga ham zarar kelturadurgan chillaxonalar, mozorlarni kepakka almashtirishga yo’l bering, osori atiqa muftadorlari!..» Qodiriyning dinga oid maqola va chikishlarida shu xildagi jangari, xujumkor hamlalar bilan birga bu xususda andisha, odob, chukur muloxazakorlik bilan aytilgan fikrlar ham mavjud.
Yuqorida tilga olingan maqolalardan sal ilgari 1921 Yili hali «hudosizlar» g’ayrat otiga minmagan kezlari yozgan «Din nomidan ig’vo tarqatguchilar» maqolasida partiya programmasining 13-moddasida kursatilgan dinni hukumatdan, hukumat ishlarini din ishlaridan ayirishga oid siyosatni qo’llab-quvvatlaydi, «Bolshevik partiyasi dinni xukumatdan ayirish bilan musulmonlarning xissiyot diniyalariga» tegmaganligini ma’qullaydi;
partiyaning dinga, dindorlarga munosabatini bo’zib kursatuvchi ig’vogarlarni qoralaydi, qat’iy qilib «partiya xech kimning diniy xissiyotiga tegmaydir», deydi.
1925 Yili chiqqan «Mushtum» maqolasida jurnal sahifalarida berilgan dinga quyilgan beo’xshov karikatura xalq ruhiga yot ekanini uqtiradi, buni «Mushtum»ning ishchi-dehqon orasidagi obro’ va hurmatiga ham o’qilishiga ko’rko’rona suiqasddir va siyosiy savodsizlikka yaqinlashayotgan bir andishasizlikdir» deb ataydi.
«Shallaqi» maqolasida din bobida muxolifiga nisbatan o’rinsiz ta’nalar bilan barobar oxirida bu xususda chukur andisha bilan aytilgan qimmatli muloxazalar bor.
Maqola muallifi sho’rolar xukumati va firqaning Sharqda tutgan siyosati bilan Rossiyadagi siyosati orasidagi farqga e’tiborni tortadi va Moskvada o’qigan payti mas’ul bir raxbar xodim aytgan gaplarni esga oladi.
U kishi: «Maskovga ma’rifat istab kelgan siz mazlum Sharqning dexqon bolalari birinchi galda bilim olmoqga, undan so’ng shu olgan bilimlaringizni o’zingiz tug’ilib o’sgan yerdagi ongsiz, mazlum, dinda mutaassib ishchi-dexqonlaringizga silliqlik bilan yuqdirishka harakat kilingiz. Rusiya sharoitidan tamoman boshqa bo’lg’on bir muhitda juda nozik mas’uliyatni o’taguvchi qaxramonlar ekaningizni unutmangiz!»
degan ekan. Adib bu dono maslahagdan xulosa chiqarib, har bir sohada mahalliy xususiyatni, xalqning ruhi, kayfiyati, saviya-darajasini hisobga olib ish ko’rish kerakligini uqtiradi: jumladan, dinga qarshi targ’ibot masalasiga tuxtalib, yana usha rahbarning «Rusiya sharoiti boshka, sizniki boshqa bo’lib turgan bir zamonda ikki asrlik madaniyat egasi «Bezbojnik»ga tahdid qilish «butim yirilib o’laman» deyishdir» degan so’zlarini eslatadi.
Endi yozuvchining badiiy asarlarida ham din va dindorlarga munosabat hiyla o’zgaradi, ularni nuqul qaboxatlar timsoli sifatida qoralash, masxaralash bilan band bo’lib qolmay, ular hatto asar uchun salbiy personaj sifatida olingan taqdirda ham ularni tushunib, inson sifatidagi murakkabligi, makruh va nomakruh jihatlari ila bor holicha ko’rsatish yo’liga o’tadi.
Bu yo’lning ijobiy samaralari «Kalvak maxzum»ning oxirgi qismlarida, «Mehrobdan chayon»dagi Soliq maxdum, xususan, «Obid ketmon»dagi Xatib domla va mulla Muhsin obrazlari talqinida yorqin ko’rinadi.
Xatib domla bilan mulla Muhsinning tarixi va ta’rif-tavsifi o’ziga xos xalqchil iliq yumor bilan yo’g’rilgan.
Tabiati, asli maslak-maqsadi, bilim saviyasi jihatidan birbiriga ters bu ikki ruhoniy orasidagi goh pinhona, goh oshkora ziddiyatlar, diniy mavzudagi bahs-munozaralari ifodasi 30-yillar adabiyoti uchun noyob hodisa.
Gap shundaki, muallif har ikki personaj harakteridagi ojiz jihatlar, katta-kichik qusurlar ustidan kulsa ham hech qachon ularning diniy tuygu, e’tikodlarini tahqirlash tomoniga utmaydi.
Bu ikki shahs orasidagi diniy qonun qoidalar xususidagi bahs-munozaralar paytida tanqid tig’I umuman dinga, islomning mu’tabar aqidalariga emas, ko’proq bu aqidalarni noto’g’ri tushunish, tamagirlik bilan shaxsiy manfaatlarga moslashtirish yo’lidagi urinishlarga qarshi qaratiladi.
Umuman, 30-yillar o’zbek adabiyotida dinga, dindorlarga bunaqa xolis munosabatda bo’lgan boshqa birorta asarni, ruhoniylarning bunaqa samimiy, xayotiy obrazlarini ko’rmaymiz. Shuning uchun ham dinga, ruhoniylarga nafrat ruhida tarbiyalangan o’sha davr tanqidchiligi bunday talqinni aslo hazm qilolmaydi; yozuvchi dinning sinfiy «ekspluatator harakterini ochishga urinmaydi», «dinning mohiyati”ni fosh etishga urinmagan»,
povestda ruhoniylarni sinfiy dushman sifatida fosh etish emas, «ularga muxabbat, ular ham odamku» degan achinish tuygusi bor, «bu dinni fosh qilish emas, balki dinga va ruhoniylarga yordam qilishdir» deya muallif sha’niga ta’na-dashnom yog’diradi, dag’dag’a qiladi.
Manba: “Qodiriy mujizasi”