KO’ZI OJIZ PEDAGOGLARGA TARJIMON KOTIBA BERISH
Umumiy o’rta ta’lim maktabi (Maktab internat) kabi ta’lim muassasalarida ishlayotgan ko’zi ojiz pedagoglar uchun tarjimon kotiba MMT vazirligining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 16.082023-yil 247-sonli buyrug’ining 4-ilovasiga asoslanib tayinlanadi.
4-ilova quyidagicha nomlangan:
“UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI (MAKTAB-INTERNAT)
RAHBAR VA XODIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI”
Yuqoridagi ilovada tarjimon kotibaga quyidagi talablar qo’yilgan:
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) Tarjimon-kotiba lavozimining malaka tavsiflari | |
Ma’lumot | Kamida oʻrta maxsus ma’lumot yoki oliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) |
Mutaxassislik | Mutaxassislik talab etilmaydi |
Mehnat staji | Mehnat staji talab etilmaydi |
Kompyuter savodxonligi | Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi |
Qo‘shimcha talablar | O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi;
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi); |
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi. |
Ushbu ma’lumot quyidagi videoda tahlil qilingan. Bu orqali batafsil tushinib olishingiz mumkin! PS: Videoda aytilgan har bir o’qituvchiga bitta “Tarjimon kotiba” ajratish to’g’risidagi ma’lumot tasdiqlanmadi..
4-ilovani yuklab olish
Buyruqdan ko’chirma.