“MAHALLA YETTILIGINING VAZIFALARI
Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni mahallabay ishlash tizimini kuchaytirish yuzasidan videoselektor o‘tkazdi.
Davlat rahbari mamlakatda barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar aholi talabidan kelib chiqib, joylarda amalga oshirilayotgani, buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotganini ta’kidladi.
“Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat „beshlik tizimi“ tashkil etilgan edi. Shu beshlik tizimini yanada takomillashtirish maqsadida videoselektorda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalladagi beshlik “mahalla yettiligi”ga aylanishini bildirdi. Bunda ularning safiga soliqchi va ijtimoiy xodim ham kiritiladi.
Mahallalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika, viloyat va tuman (shahar) kengashlari joriy etiladi. Respublika kengashiga — bosh vazir, hududiy kengashlarga esa hokimlar rahbarlik qiladi. Kengashlar “mahalla yettiligi” qo‘ygan masalalarga yechim topadi, moliyaviy manbalarini hal qilib beradi.
Mahalla yettiligi hodimlari qanday ishlar bilan shug’ilanishadi? Biz ularni faoliyatidagi vazifalarini quyida jamladik:
🔷 Mahalla raisi;
Fuqarolar yig‘ini raisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi 32 ta vakolatni amalga oshirish huquqiga ega. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 380-sonli qarorini (18-iyun 2021-yil) asos qilib oldik.
1. fuqarolar yig‘ini va uning organlari faoliyati doirasida ish yuritishning to‘g‘ri tashkil qilinishi hamda samarali olib borilishini, shuningdek, qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
2. mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari faoliyatini hududdagi birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga yo‘naltiradi hamda bu borada jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi;
3. mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari faoliyatini baholash hamda natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlariga axborot kiritib boradi;
4. mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlarini rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha mazkur xodimlarning yuqori turuvchi tashkilotlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
5. fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) — fuqarolar yig‘ini raisining jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maslahatchilarini va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar a’zolarini, taftish komissiyasining raisi hamda a’zolarini saylash uchun nomzodlarni taqdim etadi;
6. tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
7. spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
8. kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek, tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
9. mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi qabristonlarni barpo etish va mavjud bo‘lganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
10. voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi;
11. keksalarning, ayniqsa, yolg‘iz keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘radi, ularga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, metodik va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi;
12. tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
13. ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi;
14. jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qiladi, murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
15. fuqarolar yig‘ini xodimlarining faoliyatiga baho berish hamda ularni rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga taqdimnoma kiritadi;
16. tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy madaniy meros obyektlari haqida ma’lumotlar so‘raydi va oladi, ularni saqlash yuzasidan mahalla aholisi orasida tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
17. har chorakda o‘z mahallasi hududidagi dolzarb muammolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektor) rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga (keyingi o‘rinlarda Xalq qabulxonalari) taqdim etib boradi hamda murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli davlat tashkilotidan hisobot talab qiladi, bajarilmagan taqdirda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga ko‘rib chiqish uchun ma’lumot kiritadi;
18. muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari, sektor shtabi a’zolari, yo‘l qurilishi, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga ma’lumot kiritadi;
19. fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan davlat idoralari vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlarini qabul qiladi;
20. keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi hamda “Keksalar maslahati” guruhining faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
21. qonunchilik hujjatlariga muvofiq jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishni, buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishini va hisoboti taqdim etilishini ta’minlaydi, shuningdek, har chorakda fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish to‘g‘risida hisobot beradi;
22. davlat organlari va tashkilotlaridan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq zarur hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rab oladi, qonunga asosan tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan axborotlar bundan mustasno;
23. davlat organlarida, shu jumladan, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yig‘inining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yig‘ini nomidan shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;
24. davlat organlari va boshqa tashkilotlarga fuqarolar yig‘ini faoliyatiga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritadi va ularning ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;
25. xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga fuqarolar yig‘ini faoliyatiga doir masalalar yuzasidan ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritadi;
26. uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiga boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritadi;
27. ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishadi;
28. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
29. jamiyat va mamlakat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan mahalladagi muammolarni hal etishga munosib hissa qo‘shgan faollarni “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoniga taqdim etish uchun nomzod etib ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritadi;
30. fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining (profilaktika inspektorining) faoliyatiga baho berish hamda uni rag‘batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga ular tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga taklif kiritadi;
31. fuqarolar yig‘ini raisi o‘limni qayd etishi, xat-xabarlarni, shu jumladan, pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek, banklardan mablag‘larni olishga ishonchnomalarni tasdiqlashi mumkin;
32. fuqarolar yig‘ini raisi fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishga va o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan axborotlarning qat’iy sir saqlanishini ta’minlashga majbur;
🔷 HOKIM YORDAMCHISI:
Hokim yordamchisi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi (PF-29 3-mart 2021-yil) farmoniga asoslanib 10 ta vakolatga ega ekanligini ma’lum qilamiz.
2022 yil 1 yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etilgan bo’lib, ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish;
2. mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;
3. doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish;
4. mahalladagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
5. mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko‘maklashish;
6. mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shug‘ullanish tajribasiga ega bo‘lmagan fuqarolarni o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga biriktirish;
7. aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
8. mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda ko‘maklashish;
9. mahalladagi bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlariga ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
10. tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish.
🔷 YOSHLAR YETAKCHISI:
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida: Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
20.01.2022-yilda kuchga kirgan PQ-92-sonli qarorga tayanib Mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari 5 ta bo’lib, mahallalardagi faoliyati 13 ta asosiy yo‘nalishlardan iborat.
1. “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
2. mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
3. yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
4. yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
5. huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.
Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi 13 ta asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi:
1. madaniyat va san’atni targ‘ib qilish borasida — “San’at g‘unchalari” ko‘rik tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;
2. sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida — mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi;
3. axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida — “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini o‘tkazadi;
4. ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida — “Zakovat” musobaqasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh poliglot” tanlovlari hamda “Munozara” intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etadi;
5. vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida — “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “Shunqorlar”, “Yosh huquqshunos”, “Yosh saylovchi”, “Yosh deputat” tanlovlari hamda “Men ham askar bo‘laman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;
6. tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida — “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.
7. har bir mahallada “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirsin;
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda “Yoshlar nuroniylar e’tiborida” rukni ostida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlanishi va efirga uzatilishini ta’minlasin;
9. mahallalarda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
10. har chorakda hududlar kesimida kamida bir marotaba havaskor yoshlar orasida musobaqalar o‘tkazilishi bo‘yicha yillik reja-grafiklarini tasdiqlab, amalga oshirilishini ta’minlasin;
11. musobaqalarda ijobiy natijalarga erishgan yoshlar sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishi va professional sportchi bo‘lib yetishishi uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsin.
12. Yetakchi yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;
13. Yetakchi yuqorida ko‘rsatiladigan yordam turlarini berishni ko‘zda tutilgan har bir murojaatning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur o‘rgangan holda ularni berish uchun mas’ul idora va tashkilotlarga o‘z tavsiyasini taqdim etadi;
🔷 HOTIN-QIZLAR FAOLI:
Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida 02.03.2022-yilda kuchga kirgan PF-81-sonli farmonining 8-bandida keltirilgan mahalladagi xotin-qizlar faolining asosiy 4 ta vazifalarini keltirdik:
1. xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
2. xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;
3. “Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko‘maklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;
4. xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish.
🔷 SOLIQ HODIMI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 17.04.2019-yilda qabul qilgan 320-sonli qarorining 10-bandidagi soliq Qo‘mitasing 13 ta asosiy vazifalarini ketirdik :
1. davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash hisobiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish;
3. soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
4. soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
5. pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlash;
6. bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
7. soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati –insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish;
8. soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish;
9. soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish yo‘li orqali soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish;
10. qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq to‘lovchilarning faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
11. kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, davlat soliq xizmati organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
12. davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralarni, shu jumladan xodimlar manfaatlarining to‘qnashuvini hal qilish yo‘li bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
13. hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni o‘rganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
🔷 IJTIMOIY HODIM:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining qarori, 10.06.2020 yilda 3240-sonli qarorining 8-bandidagi barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim ish beruvchi tashkilotda tashkil etilgan shtat birligiga asosan quyidagi 5 ta vazifalarni amalga oshiradi:
1. ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish;
2. ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini kompleks ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
3. yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lish xavfida bo‘lgan bolalar, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, psixojismoniy rivojlanishida nuqsoni va (yoki) nogironligi bo‘lgan va boshqa himoyaga muhtoj bolalarni himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
4. yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning shaxsiy, mulkiy va nomulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. davlat ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoya muassasalarini bitirayotgan bolalar, shuningdek uyushmagan yoshlarning mustaqil hayotga ijtimoiy moslashuvlari davomida yuzaga keluvchi muammolarini hal etish choralarini ko‘rish.