Nogironligi bor abituriyent qanday imtiyozlarga ega?
Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lanadigan XXX ming so‘mlik to‘lovdan ozod qilinadi.
I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o‘rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo‘nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini (56,7 ball) to‘plashi kerak.
Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.
Nogironligi bor fuqarolarga 2023/2024-o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.
OTMlarda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi kerak.
Manba: Edu – ta’lim yangiliklari