Orol dengizining fojiyali kunlari (1960-1970-yillarda)

Maqolamizda O’rta Osiyoda joylashgan faqatgina ikki Amudaryo va Sirdaryodan suv oluvchi Orol dengizining fojiyali va dahshatli taqdiri haqida hikoya qilamiz. Quyida sizlarga taqdim etilayotgan ma’lumotlar qalami o’tkir tarixiy va va ekologik bilimi kuchli bo’lgan mualliflarning asarlaridan olingan. Shu boisdan sizga alohida eslatma sifatida aytib o’tmoqchimizki maqoladagi faktlarga kuchliroq e’tibor qaratishingizni.

Orol dengizi haqida hikoya qilar ekanmiz uzoq va Qadim zamonlardan gapirib vaqtingizni behudaga sarflash niyatimiz yo’q. Shuning uchun ham biz XVIII asrning boshlaridagi voqealardan boshlaymiz.

Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston, shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan.

Abdulla Rasulov va Alisher Isoqboyevlar muallifligida 2012-yilda yozilgan “Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi” asarida keltirilgan ma’lumotga e’tiborimizni qaratamiz. 1713-yilda Nafasxo’ja ismli turkman Astraxanga kelib, Amudaryodan oltin qum olinishi va o’tmish zamonlarda uning Kaspiy dengiziga quyilganligi haqida rus hukumatiga ma’lumot beradi. Shuningdek, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burish mumkinligi va bu ishda turkmanlar yordam berajagini ham aytadi. Bunday axborot Pyotr I ni faol harakatlarga undaydi.
O’rta Osiyoni qo’lga kiritish orzusida yurgan Pyotr I 1714- yilning 19- mayida birinchi farmon Xiva xonligini zabt etish haqidagi farmonni Senatga yuborgan bo’lsa, shu yilning 29-mayidagi ikkinchi farmonida esa A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi Astraxanga borishi Kaspiy dengizining sharqiy qirg’og’I xaritasini tayyorlashi va Amudaryoning Kaspiyga kelgan eski o’zanlarini aniqlashi kabi topshiriqlarni bergan. 1716- yil 14- fevralida Pyotr I A.Bekovich-Cherkasskiy bilan suhbatlashib, amalga oshiriladigan 5 ta vazifalarni birinchisida quyidagicha belgilab bergan:
1. Bir vaqtlar Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilgan joyda 1000 kishilik harbiy istehkom qurilsin. Amudaryo oqimi va to’g’onlarini sinchkovlik bilan o’rganib, imkoni bo’lsa, eski yo’liga burib yuborilsin. Suvni Orol dengiziga yo’naltiradigan to’g’onlar buzilsin. Bu ishlarni bajarishga qancha kishi kerakligi aniqlansin. Deb yozilgan. Shundan ko’rinib turibdiki Orol dengizini faoliyatiga salbiy taasir etish kecha yoki bugun paydo bo’lmagan. Biz keyingi ma’lumotlarni o’rganishda davom etarkanmiz Orolni quritish uchun mahsus tayyorgarlik ko’rilganiga guvoh bo’lamiz.
“Men ko’rgan Amerika yohud safar taasurotlari” nomli asarda “Ona dengiz hayoli” nomli bobidagi ma’lumotlarda quyidagicha fikrlar ortaga tashlangan:
1. Orol dengizi ikki cho’lning o’rtasida ya’ni Qoraqum va Qizilqum orasida joylanganligi tog’lardan uzoqdagiligiga qaramay g’aroyibligi va hayot dengizi hisoblanishi ma’lum qilinadi.
2. Ivan Vladimirovich Michurinning mana bu fikri hushyorligimizni oshirishimizga sabab bo’lmay qolmaydi. “Biz tabiyatdan in’om kutib o’tirmaymiz biz uni tortib olamiz” kabi fikr rus tabiyatshunosining fikri edi.
3. Amudaryodan olingan kanal va ariqlarni soni ko’pligi va daryo bo’ylab qurilgan 40 dan ortiq suv omborlari mahalliy miroblarni tajribasidan foydalanilmagan yoki juda ham kam foydalanilgan holda qurilgan. Bular albatta Amudaryoda suvni kamayishiga Orol dengiziga oz yoki umuman suvni yetib bormasligiga olib keladi.
4. Toshkentda joylashgan O’rta Osiyo irigatsiya Inistituti Turkistonda suv ishlarini olib boradigan o’zi reja tuzib o’zi bajaradigan faqat markazga hisob beradigan tashkilot suv omborlari ana o’shalarning ihtirosidir.
5. Suv omborlari birinchidan tabiyatga yomon tasir qilib kelmoqda ulardan ko’p suv bug’lanadi chunki Turkiston iqlimi quruq iqlimlidir. Natijada yog’in-sochin ko’payishiga olib keldi. Ikkinchidan suv omborlari atroflarida paxta va qovun tarvuzlar ham pishmay qolishiga olib keldi. Uchinchidan suv omborlarida suv uzoq turib qolganidan juda sovuq bo’lar ekan. Muallif aytadigi “Esimda yoz kunlarida katta Farg’ona kanalida suvni sovuqligidan yayrab cho’mila olmagan edik”. Deydi. Ekinlar issiqda yayrab turganda badaniga sovuq suv tegib rivojdan qolar ekan. To’rtinchidan suvdagi ekinga zarur bo’lgan menirallar ombor tagiga cho’kib nafsiz buyumga aylanar ekan. Shu joyda eslab o’tib ketishimiz kerakki” Qadimgi Misr va Mesopotamiya va shular kabi ilk sivilizatsiya o’choqlariga zamin bo’lgan o’lkalardagi daryolarni o’zi bilan olib kelgan loyqali suvlardagi menirallar dehqonchilikni ser hosil bo’lishiga sabab bo’lgani tarixiy manbalardan ma’lum. Yana bir nohush tomoni suv omborlari faqatgina tog’liklarda tepaliklarda qurilgan pasda esa quyilarda odam yashaydi.
Musol uchun Toshkent tepasida Chorvog’ (1963-1970-yillar), Farg’ona vodiysi atrofida Kampirravot (1968-1982-yillar), To’qtag’ul (1978-yilda ishga tushirilgan), Karkidon (1961-1967-yillar), Qayroqqum (1956-1958-yillar) kabi suv omborlari bor. Turkiston zamini tektamik jihatdan taasirlarga tez beriladigan o’lka zilzilalar bo’lib turadi. Suv omborini rejalashtirganlar bu muhim ishga bee’tiborroq qaraganlari ko’rinib turibdi. Suv omborini qurish fikri Turkistonliklardan emas, Turkistonda birinchi suv omborini qurish fikri Vladimir Ilich Leninndan chiqgan ekan. U 1918-yilda “Turkistonni sug’orish to’g’risida”gi dekretga imzo chekgan. Shu qarorga ko’ra 100 ming gehtar yer ochish uchun Zarafshon daryosida suv ombori qurish ko’zda tutilgan ekan. Ana o’sha suv omborining nomi Kattaqo’rg’on bo’lib u 1940-1951-yillarda qurilgan. Bu suv ombori O’zbekistonda qurilgan ilk suv ombori bo’lgan.
6. Alamli bo’lsada aytamiz. Orol dengizini qurishini avvaldan hamma bilgan ekan. Qoriyevning 1968-yilda bosilgan “O’rta Osiyo tabiiy Geografiyasi” kitobidagi quyidagi fikrlar ham “Men ko’rgan Amerika yohud safar taassurotlari” nomli asarda yozilgan:
Amudaryo va Sirdaryodan suv chiqarish uchun yangi kanallar qazish va boshqa tadbirlar shubhasiz dengiz suv balansini o’zgartiradi. Suv Oroldengiziga tobora kam quyiladi va nihoyat Orolning suv sathi pasayadi. Orol dengizining taqdiri nima bo’ladi? Uning sathi qanchalik pasayadi? Orol dengizining tamomila qurib qolishi zararlimi yoki foydalimi? 20 30 yildan keyin Orol dengizi ham Sariqamish cho’kmasi kabi quruq qatlamga aylanib qolishi mumkin. Orol dengizining sathi pasayishiBoshqa tomondan katta foyda keltirishi mumkin. Oroldengizining sathi pasayishi bilan kelajakda dengiz tupidan bo’shagan ser unum yerlar paydo bo’ladi. Bu yerlar kelajakda daryo suvi bilan sug’orib obod qilinadigan yerlarga aylanishi mumkin deb yoziladi Qoriyevvning kitobida. Mana asl maqsad nima? Orol dengizini quritish avvaldan bilib aniq rejalar asosida amalga oshirilgan ish ekanligini anglab olish qiyin emas.
7. Orol dengizi yashashi kerak! Agar Orol dengizi yo’q bo’lsa butun o’rta Osiyo yaqin va o’rta sharq xalqlariga katta muammo bo’ladi. Orol dengizini o’rab turgan Qoraqum va Qizilqum ayovsiz bostirib kelaveradi. Bu degan so’z necha ming yillik madaniyatlar havf ostida qoladi degani. Bazan biz Orol taqdirini befarqli bilan kuzatib turamiz huddi bizga dahli yo’qday. Bu beetiborligimiz natijasida avlodlar oldida kechirilmas gunohga qo’l urib qo’yamiz. Orolni qayta tiklash yo’lida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning qilgan ishlari va ikkinchi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevlarni qilayotgan ishlari juda quvonarli hol. Bu yo’lda muvoffaqiyatlarga erishamiz albatta.
8. Orol dengizini tiklash mumkinmi? Savoliga muallid quyidagicha javoblarni ma’lum qiladi:
Ichki imkoniyatlardan foydalanib, Suv omborlarini suvini navbatma-navbat orolga yuborib turish, omborlardagi Suvni bug’lanishdan asrash yo’llarini toppish, Dehqonchilikda esa almashilab ekishni yo’lga qo’yish, suvga pas emas yuqori nazar bilan qaralsa albatta orol dengizi yana qayta tiklanadi.

Ushbu maqolani 2022-yilda Namdu tarix 1-kurs magistri F. Bozorov tayyorladi.