O’zbekiston Milliy universiteti qanday nomlarda atalgan?
“Turkiston Musulmon xalq universiteti” O’zbekiston Milliy universitetining tamal toshi
1918 yil 9 aprelda quyilgan. Shu kuni Turkiston musulmon xalk dorulfununining
tashkiliy hay’ati tuzulib, bir oy davomida 9 marotaba yig’ilish o’tkazilgan va 1918 yil 3 mayda
Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rektor) etib saylangan.
Turkiston Musulmon xalq dorulfununi rasman ochilgan 1918 yil 12 may
yangi zamonaviy ta’lim tizimiga asos solingan tarixiy sana bo’lib qoldi.
Turkiston musulmon xalk dorulfununi Turkiston hukumatining 1919 yil dekabrdagi qarori bilan Turkiston Davlat universiteti (TDU) maqomiga ega bo’ldi va yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo’ydi.
1923 yil 17 iyulda Turkiston Davlat universitetiga O’rta Osiyo Davlat universiteti maqomi berildi.
1960 yili O’rta Osiyo Davlat universiteti nomi Toshkent Davlat universiteti deb o’zgartirildi.
1995 yil 14 sentyabrda Toshkent Davlat universitetiga
Sharqning buyuk olimi va mutafakkiri Mirzo Ulug’bek nomi berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi Farmoni bilan
Toshkent Davlat universitetiga Milliy universitet maqomi berildi.