O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI MAVZUSIDAN TAYYORLANGAN SAVOL-JAVOBLAR
1. Hokimiyat bo’lmaganda jamiyat qanday sabablar ostida yo’q bo’lib ketishi mumkin?
J. Ichki zidiyatlar va hokimiyat uchun kurash yuki ostida.
2. Ko‘p asrlar davomida insoniyat ideal davlat barpo etish uchun qanday formulani behudaga izladi?
J. Bact-saodat formulasini.
3. davlatni boshqarish shakllari, davlatning vazifalari va boshqa shu singari tushunchalarga ta’rif bergan sharq mutafakkirini toping?
J. Abu Nasr al-Forobiy
4. “ijtimoiy adolat va tartibotni ta’minlagan odil hukmdor hukmronlik qilgan davlatni mukammal davlat”. deb hisoblagan mutafakkir kim?
J. Abu ali Ibinsino.
5. Hokimiyat kishilarning nimalariga ta’sir o’tkazish imkoniyatiga ega?
J. xulq-atvoriga, ularning xatti-harakatlariga va odatlariga.
6. Konstruktiv so’zining manosi nima?
J. yaratuvchi.
7. Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida qaysi organlar davlat hokimiyatini amalga oshiradilar?
J. Oliy Majlis, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati organlari
8. Har bir hokimiyat organining vakolatlari qanday harakatlarning oldini olish maqsadida nihoyatda aniq-ravshan belgilab beriladi?
J. hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish, uni suiiste’mol qilish va davlat hokimiyatining boshqa organlari faoliyat sohasiga aralashishning oldini olish maqsadida.
9. Qaysi organlar o‘z faoliyatlarini mustaqil, bir-birlariga xalal bermasdan amalga oshiradi?
J. qonunchilik, ijro va sud hokimiyati.
10. Aholining xulq-atvori nimalarga asoslanadi?
J. – hokimiyatning adolatli va qonuniy xatti-harakatlariga ishonishiga;
– hokimiyat organlariga bo‘ysunish odatiga;
– hokimiyatdan qo‘rqishiga.
Manba: 9-sinf. konstitutsiyaviy_huquq_asoslari. 2019-Y 8-nashrining 17-mavzusi.