Qadimgi Hindiston madaniyati. Dars ishlanma
To’raqo’rg’on tuman maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasiga qarashli
51-maktab tarix fani o’qituvchisi Abdullayeva Mavludaning
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi fanining “Qadimgi Hindiston madaniyati” mavzusida tayyorlagan
Dars ishlanmasini yuklab olish.
Mavzudagi ikki metoddan parcha keltiramiz:
O’tgan mavzu: Qadimgi Hindistondagi ilk sivilizatsiya mavzusi bo’lgani uchun “Ro’lli o’yin’’ loyhalaridan foydalaniladi.
Avvaldan o`quvchi qizlardan birini hind qizlariga xos libosda bo`lishi tayinlanadi.
Yurtimizga Hindistondan tashrif buyurgan turistlardek gavdalangan bu o’quvchi ohista eshitilgan hind musiqiy ohanglari sadosi ostida Hindistonning hududi va tabiiy sharoiti haqida o’quvchilarga so’zlab beradi va shuningdek yurtimiz haqidagi ajoyib taassurotlari va go’zalligi haqidagi fikrlari bilan o’quvchilarda vatanga muhabbat va undan fahrlanish tuyg’ularini yanada rivojlantiriladi.
“Eng yaxshi muxbir” me’todi orqali o’quvchilar keyingi rejalar: diniy e’tiqodlar va kastalar haqida ma’lumot beradilar.
Ushbu metodlardan tashkiliy qism va darsning boshqa bosqichlarida ham unumli foydalanishlari mumkin.