Qo‘qon xonligida dehqonchilik va yer egaligi

Ma’lumki, Qo‘qon xonligida O‘rta Osiyoning boshqa xonliklari qatori
azaldan dehqonchilik va yer egaligi xonlik xo‘jalik hayotining asosini tashkil qilgan.
Vodiyda suv manbalarining yetarli ekanligi
dehqonchilikda mo‘l hosil olishni ta’minlagan.
Xonlikda XVIII asrga qadar yerlarni sug‘orish uchun асосан
soylar va jilg‘alarning suvlaridangina foydalanilgan.
Qo‘qon xonligida taxt uchun kurashlar va siyosiy tarqoqlik davom etishiga qaramasdan
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda
ayrim tumanlarning sug‘orish tarmoqlari tiklangan va yangilari qazilgan.
Xonlikda ip va ip gazlama ishlab chiqarish hajmining ortib borishi,
bu mahsulotlarni Rossiya va u orqali
Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlarida ko‘plab sotila boshlashi,
ularga bo‘lgan talabning yildan-yilga ortib borishi
sug‘orma dehqonchilik yerlarini kengaytirish hamda yangi yerlarni o‘zlashtirishni taqozo ettgan.
Shuning uchun ham XIX asr Qo‘qon xonligi xususan,
Farg‘ona vodiysining sug‘orilishi tarixida yangi davrni boshlab berdiki,
aynan shu davrdan boshlab, vodiyda
yirik sug‘orish inshootlari, ariqlar, kanallar, to‘g‘onlar qurila boshlagan.
Masalan, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bo‘lgan
Norin va Qoradaryolardan suv oladigan Shahrixonsoy kanali,
Namangan yangi arig‘i, Chinobod arig‘i, Andijonsoy va boshqa
sug‘orish tarmoqlarining qazilishi
Farg‘ona vodiysida sug‘orish tarmoqlarini ko‘payishi,
sug‘oriladigan maydonlarining sezilarli darajada kengayishi hamda
dehqonchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan.