Shahrixonsoy kanali .

Umarxon davrida qurilgan Shahrixonsoy kanali
Shahrixon shahrining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq.
U XVIII asrdan boshlab qishloq tarzida ma’lum bo‘lgan va
Asaka, Xodim, Segeza qishloqlari bilan birga
Aravansoy va Oqbo‘raning Aravonga qo‘shiladigan g‘arbiy tarmog‘idan sug‘orilgan.
Keyinroq, bu yerga Qo‘qon va Marg‘ilondan ko‘plab aholining ko‘chib kelishi,
Sharqiy Turkistondan kelgan 20 ming muhojirlarni joylashtirilishi tufayli
ekin maydonlari va sug‘orish inshootlariga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortib ketishi sababli
Umarxon Oqbo‘ra Shahrixon shahriga 1815-yilda assos solgan.
Shahar Umarxon davrida barpo etilgan.
Shuning uchun ham xon sharafiga bu shahar Shahrixon nomini olgan.
Suvlarining O‘shdan ortgan qismini Andijonga o‘tkazmay Aravonsoyga tashlashga buyruq bergan.
Natijada Farg‘ona vodiysining Shahrixon vohasi yerlarini sug‘orish ishlari jadallashib ketgan.
Bu hududdagi yerlarni o‘zlashtirish uchun hatto Qo‘qondan bir guruh mahbuslar ham olib kelinib,
ulardan alohida qishloq tashkil qilingan va unga
“Dorilomon” deb nom quyilgan.
Shahrixonsoy 1811 yilda qurilgan bo‘lib, uni
ayrim kitoblarda “Naxri Umarxoniy” deb tilga olingan.
Shahrixonsoy suvlari bilan Farg‘ona vodiysining sharqiy hududlari,
jumladan Qo‘rg‘ontepa, Jalolquduq, Oyim kabi mavzelari sug‘orilib,
bu hududdagi keng maydonlar o‘zlashtirilgan.
O‘zlashtirilgan yangi yerlarda 1450 xo‘jalikdan iborat
yangi qishloqlarga asos solinib, 250 ming tanob (41-42 ming)ga yaqin yerlar o‘zlashtirilgan.