TheMenWhoBuiltAmerica. (Amerikani bunyod etganlar)

Quyida kinoning har bir qismi uchun alohida toxtalib, u haqda ma’lumot berib o’tilgan. Vaqt sarflab ko’rganingizga arziydi. Kinoni ko’rish uchun havola:
Kuchli taʼsirga ega boʻlgan biznesmenlar tarixi qiziqmi?
Bu film siz uchun!

Film “The men who built America” yaʼni “Amerikani bunyod etganlar” deb nomlanadi. Oʻzbek tilida “Biznes daholari” deb tarjima qilingan.

1-qism. Masonlar kim? Ko’rish.

Filmda – Vanderbilt, Karnegi, Rokfeller, J.P. Morgan, Genri Ford kabi buyuk tadbirkorlar hayoti va ularning qanday oʻz darajasiga erishgani ochib berilgan.

2-qism. Temir yoʻl tarmogʻi rivojlanishi. Ko’rish.

Temir yoʻl tarmogʻi rivojlanishi natijasida Karnelius Vanderbilt AQShdagi eng boy odamga aylandi. U oʻzini hech kim yenga olmaydi, deb hisoblardi.

Biroq mamlakatda yangi kuch paydo boʻlayotgan edi: Jon Rokfeller. Neftning kelajagiga qatʼiy ishongan bu yosh yigit hali uzoq vaqt taxtda oʻtirishini sezardi…

3-qism. Tomas Skott mag’lubiyatni ko’tara olmay vafot etadi. Ko’rish.

Rokfellerdan yutqazgan Tomas Skott mag’lubiyatni ko’tara olmay vafot etadi. Uning barcha biznesi shogirdi Endryu Karnegi zimmasiga yuklanadi. Karnegida endi bitta maqsad bor edi – Rokfellerdan qasos olish!

4-qism. Endryu Karnegi-po’lat ishlab chiqarish qiroli.

Ko’rish.
Endryu Karnegi – po’lat ishlab chiqarish qiroliga aylanib borar, biroq Rokfellerni mag’lub qilishda o’zining mehribonlik va ochiqko’ngillilik xarakteri pand berayotganini sezar edi. Shu sababdan, o’sha paytdagi ko’mir savdosi bilan shug’ullanib, qattiqqo’lliligi bilan nom chiqargan Genri Frikni o’z yordamchisi etib tayinladi. Ammo bu tanlov tadbirkor uchun katta xato edi…

5-qism. Kutib oling, taxtga J.P. Morgan kelmoqda. Ko’rish.

Vanderbilt temir yo’l sohasini rivojlantirdi, Rokfeller o’z neftlari bilan milliardlar ishladi, Endryu Karnegi esa po’lat ishlab chiqarish “qiroli”ga aylandi.

J.P. Morganga yangi, hali egallanmagan tarmoq kerak edi. Bunda unga ixtirochi Tomas Edison qo’l keldi. Amerikani chiroqlar bilan yoritish kerak!

6-qism. Voqealar avjiga chiqmoqda. Ko’rish.

Tomas Edisonning elektrlashtirish g’oyasidan foydalangan J.P. Morgan katta boyliklarni orzu qilishni boshladi. Biroq yo’lda kutilmagan g’ov paydo bo’ldi: Nikola Tesla! Ha, Edisonning o’sha “chalasavod” shogirdi!

7-qism. Prezidentni sotib olamiz! Ko’rish.

Rokfeller, Karnegi va J.P. Morgan faoliyatiga endilikda siyosat aralashdi. Saylovlar yaqinlashar, asosiy nomzod esa oʻz chiqishlarida monopoliyani yoʻq qilishga vaʼda berar edi. Shunda magnatlarga shaxsiy prezident kerak bo’lib qoldi.

 

O’ylaymizki: Film siz uchun foydali bo’ldi.