UZRESKOP VA XALQ TA’LIMI INFO
15-oktabr 2023-yil kechgi soat 20.00 da O’zbekiston Respublikasidagi ko’zi ojiz pedagoglarning telegramdagi UZRESKOP guruhida Ulug’bek Po’latov ishtirokida suhbat o’tqazildi.
Suhbatning asosiy mazmuni ko’zi ojiz pedagoglarning umumiy o’rta ta’lim maktabidagi faoliyati bilan bog’liq bo’lib, biz o’zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.
Savollarning mazmuni quyidagicha bo’lib:
1. Ko’zi ojiz pedagogga yordamchi ajratilgani va uni majburiyatlari;
2. Ko’zi ojiz pedagogning yordamchisi o’z vakolat majburiyatini vaqtida bajarmasa qanday choralar ko’rilishi mumkinligi;
3. Ko’zi ojiz pedagoglarni attestatsiya va milliy sertifikatsiya jarayonidagi ishtiroki;
4. Ta’labalarni ham o’qib, ham ishlash jarayonida malaka oshirishi;
5. Dars taqsimotida ko’zi ojiz pedagoglarga beriladigan qulayliklar;
Yuqoridagi savollar umumiy savollarning bir qismini tashkil etgan bo’lib batafsil suhbatni quyidagi videoda ko’rishingiz mumkin.