Iqlim o‘zgarishining astronomik va geofizik omillari

Yer yuzida iqlim sharoitlarining turlicha boʻlishiga asosiy sabab astronomik va tabiiy-geografik omillar hisoblanadi. Ular yer yuzidagi hodisa va ja-rayonlarga yo butunlay bogʻlanmagan yoki, asosan, endogen jarayonlar taʼsiri ostida juda sekin oʻzgaradi. Bu omillarning eng katta tafovutlari (mas, tropik va moʻʼtadil kengliklar oʻrtasida, qitʼalar va okeanlar oʻrtasida) havo oqimlarining umumsayyoraviy tizimini — atmosferaning umumiy dirkulyasiyasini yuzaga keltiradi. Bu oqimlar issiqlik va namni yer sharining bir qismidan ikkinchi qismiga koʻchiradi, atmosferaning turli vertikal qatlamlari boʻylab issiklik va nam almashinuvini vujudga keltiradi, bulutlar va yogʻinlar hosil qiladi yoki ularning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, atmosfera bilan faol qatlam oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni jiddiy oʻzgartiradi. Har bir joyda havo oqimlariga bogʻliq holda havo salqin yoki issiq boʻladi, yuqoriga koʻtariladigan yogʻinli havo oqimlari, yo boʻlmasa, te-padan pastga tushadigan quruq va iliq havo oqimlari koʻproq boʻladi. Issiqlikning dunyo okeanlarida turlicha taqsimlanishi va atmosfera dirkulyasiyasi tufayli dengiz oqimlarining paydo boʻlishi ham iqlimni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Oqimlar okeanning turli qismlarida yo anomal is-siq, yoki anomal sovuq faol qatlam hosil qilib, shu orqali atmosfera dirkulyasiyasiga va bevosita dengiz ustida iqlim shakllanishiga taʼsir etadi.
Iqlim hosil qiluvchi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy omillarni quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin: 1) astronomik omillar; 2) tashqi geofizik omillar; 3) ichki geofizik omillar.
Tashqi geofizik omillar. Ularga quyidagilar kiradi: • Yerning oichamlari va massasi; • Yerning burchak aylanish tezligi; • Yerning ogirlik maydoni va uning anomaliyalari; • Yerning magnit maydoni; • Yer qa’rida vulkan hodisalarini keltirib chiqaruvchi jarayonlar; • geotermal issiqlik oqimlari va boshqalar. Sanab o’tilgan omillar orasida vulkan jarayonlari iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Vulkanlar otilishi natijasida atmosferaga bir yilda 15-25 mln tonna aerozol qo‘shiladi. Bunday katta miqdordagi aerozol zarrachalari bir tomondan Quyoshdan kelayotgan qisqa toiqirili radiatsiyaga ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan atmosfera 14 2 va Yer sirtidan uzun toiqinli nurlanishga ham ta’sir etadi. Yerning aylanish burchagi tezligining o‘zgarishi atmosfera sirkulyasiyasiga, bu esa, o‘z navbatida, atmosferaning asosiy ta’sir markazlarining holatiga va jadalligiga ta’sir etadi. Geotermal issiqlik oqimlari esa iqlimning mahalliy o‘zgarishlariga ta’sir etishi mumkin. Yer shaklining nosimmetrikligi va uning gravitatsion maydonining hamda Yer mantiyasi va sub’yadrosidagi jarayonlarning iqlimga qanday ta’sir etishi hozirgacha kam o‘rganilgan masalalardan hisoblanadi. Ichki geofizik omillar. Bu omillar iqlimiy sistemaning alohida tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari uchun xosdir. Ularga quyidagilar kiradi: • atmosferaning kimyoviy tarkibi; • materiklar va okeanlaming ta’sirlanish xususiyatlari; • quruqlik yuzasi relyefi; • okean massasi va xususiyatlari; • atmosfera va okeandagi sirkulyasion jarayonlar; • atmosfera tiniqligi va bulutlilik. Sanab o‘tilgan omillar orasida iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sirni suv bug‘lari va karbonat angidrid ko’rsatadi, chunki ular tabiiy issiqxona effektining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, atmosferada suv bug‘lari bo‘lmaganda Yer sirtidagi havo harorati 25 °C qiymatda pasaygan bo‘lar edi. Xuddi shu kabi atomsferada karbonat angidrid bo‘lmaganda harorat 6 °C ga pasayadi. Quruqlik va okeanlaming notekis taqsimlanishi namlik va issiqlik aylanishi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Atmosfera va okeanning umumiy sirkulyasiyasi ta’sirida asosiy iqlim mintaqalari shakllanadi.

(Visited 683 times, 1 visits today)