KO’ZI OJIZ PEDAGOGLARGA TARJIMON KOTIBA BERISH

Umumiy o’rta ta’lim maktabi (Maktab internat) kabi ta’lim muassasalarida ishlayotgan ko’zi ojiz pedagoglar uchun tarjimon kotiba MMT vazirligining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 16.082023-yil 247-sonli buyrug’ining 4-ilovasiga asoslanib tayinlanadi.

4-ilova quyidagicha nomlangan:

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI (MAKTAB-INTERNAT) 

RAHBAR VA XODIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI”

Yuqoridagi ilovada tarjimon kotibaga quyidagi talablar qo’yilganrasmda quyidagi ma'lumot tasvirlangan:

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) Tarjimon-kotiba lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumot Kamida oʻrta maxsus ma’lumot yoki oliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
Mutaxassislik Mutaxassislik talab etilmaydi
Mehnat staji Mehnat staji talab etilmaydi
Kompyuter savodxonligi Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
Qo‘shimcha talablar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi;

Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);

  Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.

Ushbu ma’lumot quyidagi videoda tahlil qilingan. Bu orqali batafsil tushinib olishingiz mumkin! PS: Videoda aytilgan har bir o’qituvchiga bitta “Tarjimon kotiba” ajratish to’g’risidagi ma’lumot tasdiqlanmadi..

 
4-ilovani yuklab olish
 Buyruqdan ko’chirma.

(Visited 179 times, 1 visits today)