O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARLAMENTI — OLIY MAJLISNING TASHKIL ETILISHI

Birinchi Prezident Islom Karimov „O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”
asarida yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini quyidagicha
ta’riflaydi: „Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini
ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy
tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy
hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo’yish, adolatli va
insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo’ladi”.
*’1993-yil 28- dekabrida bo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining XIVsessiyasida
„O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida”,1994- yil 22-
sentabrda bo’lib o’tgan XVI sessiyada „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
to’g’risida” qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni
amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo’yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq
Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda
bo’lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat
uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga
monelik qilardi.
*Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalqning o’ziga xos tarixiy,
axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy
davlat qurish, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lidan borish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo’ladigan yangi qonunlar
yaratish zarur edi.

*Birinchi chaqiriq

Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995—1999- yillarda
15 ta sessiya o’tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2ta milliy dastur, 145
qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo’shimcha
va o’zgarishlar kiri-tildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani
ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo’shilish to’g’risida
58 ta qaror qabul qildi.
*Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV
sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi:
*„Eng muhimi, birinchi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz
faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o’tgan davr mobaynida
ko’ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari
siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela
boshlagan murakkab bir sharoitda, Oliy Majlis hokimiyatning boshqa
tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni,
tinchlik va barqarorIikni saqlab turishda ishonchli omil bo’ldi”.

*ikkinchi chaqiriq

2002- yil 4—5- aprel kunlari bo’Iib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
sakkizinchi sessiyasida „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy
prinsiplari to’g’risida” Konstitutsiyaviy qonun va „2002- yil 27- yanvarda o’tkazilgan O’zbekiston
Respublikasi Referendumining yakunlari bo’yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy
yo’nalishlari to’g’risida” qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini
boshlashga huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.

Oliy Majlisning tashkil etilishi

2002- yil 12-13- dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning o’ninchi sessiyasi xalqimizning xohishirodasi bilan „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida” va „O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida” konstitutsiyaviy qonunlarni hamda
ularni amalga kiritish to’g’risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003- yil 24- aprelda
„O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi
Qonun qabul qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida to’plangan parlamentarizm tajribasi,
O’zbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mazkur
qonunlar bo’lg’usi parlamentning ikkala palatasi vakolatlarini aniq belgilab berdi.
* Bundan keyin ham O’zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi — parlamentning nomi
Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata — Senat, quyi palata — Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil etib belgilangan.