Toshkent davlat texnika universitetining qisqacha tarixi
1918-yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining “Texnika“ fakulteti tarkibida “Elektromexanika” boʻlimi ochilgan boʻlib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham moʻljallangan edi. 1920-yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega bo’ldi, 1952-yilda Toshkent politexnika institute tashkil topdi. Oʻzbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib — Toshkent arxitektura-qurilish instituti, kimyo-texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika oʻquv yurtlari- Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent meʼmorchilik-qurilish instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan edi.
Navbatdagi qayta qurishlardan Toshkent politexnika institutining: „geologiya-qidiruv“, „kon-metallurgiya“, „avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari“, „sanoat energetikasi“, „neft va gaz“, „radioelektronika va avtomatika“, „energetika fakultetlari“. Toshkent mashinosozlik institutining: mexanika; texnologiya; mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi — Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.