XIX asrning ikkinchi yarmida Qo’qon xonligining mamuriy tuzilishi
Qo‘qon xonligi. 18 asrning boshlarida Buxoro amirligidan
1. Farg‘ona vodiysi va
2. Sirdaryoning quyi qismigacha bo‘lgan hududlar ajrab,
mustaqil davlat – Qo‘qon xonligi tashkil topadi.
Xonlik sharqda
1. Sharqiy Turkiston,
2. g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi,
3. shimolda Qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan.
Xonlikning janubiy chegaralari
4. Qorategin,
5. Ko‘lob,
6. Darvoz,
7. Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olib,
bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turgan.
Xonlikning hududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridan farqli o‘laroq,
sersuv daryolar, so‘lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo‘lgan.
Qo‘qon xonligida aholi soni 3 millionga yaqin bo‘lgan.
Qo‘qon xonligi 15 ta beklikka bo‘linib, ularni, asosan,
xonning qarindoshlari va yaqinlari orasidan tayinlangan kishilar boshqargan.
Manba: 10-sinf O’zbekiston tarixi 2022-yil nashri. 1-mavzu.