Yevroittifoq, Yevrosoyuz yoki YevroYunion tashkilotlarini tashkil etilishi tarixi

Youtubedagi “Xuddi shunday” kanalida bu haqida juda chiroyli video tayyorlanibdi. Quyida ushbu video havolasini ham keltirib o’tamiz., bundan tashqari qo’limizdan kelganicha videodagi ma’lumotlarni tekst farmatda tayyorlab e’tiboringizga taqdim etmoqdamiz.

 

1. Yevroittifoqni tashkil etilishi.
Ko’p manbalarda Yevroittifoqni tuzilish sanasi 1992-yilda deb beriladi. Lekin hammamiz bilamizki Yevropaning bu 12 ta kuchli davlatlari o’z-o’zidan bunaqa qarorga kelib qolmagan. Bunga ma’lum vaziyat va shart-sharoitlar sabab bo’lgan. Demak Yevroittifoq tuzilishining asosi ikkinchi jahon urushi yakunlariga to’g’ri keladi. Tasavvur qiling! 1945-yil barcha Yevropa davlatlari urush oxirida butunlay holdan toygan paytda jahonda AQSH va SSSR dunyoga hukmrolik qiluvchi ikki buyuk davlatga aylanadi. SSSr Sharqiy Yevropani AQSH esa G’arbiy Yevropani nazorat qilib, homiylik qiladi. Shunday sharoitda o’sha davrda dunyoning nufuzli siyosatchilaridan biri bo’lgan Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill Yevropani ochlik va yo’qchillikdan qutqarish uchun “Yevropa Qo’shma shtatlari”ni tuzishni taklif qiladi. Bu g’oyaga ilk tashabus 1950-yil Fransiya tashqi ishlari vaziri Shumandan chiqadi.

 

2. Shuman deklaratsiyasi.
Shuman Fransiya va G’arbiy Yevropa o’rtasida Metallurgiya, temir rudasi va ko’mir ishlab chiqarish sanoatlarini birlashtirishni taklif qiladi. Bu taklif keyinchalik Shuman deklaratsiyasi nomi bilan tanilib, 1951-yilda Yevropa Ittifoqining debochasi deb hisoblanadigan “Yevropa ko’mir va po’lat hamjamiyati” tashkil etilishiga asos bo’lgan. Ushbu hamjamiyat tarkibida dastavval Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Luksenburg, Nedirlandiya va Italiya kirgan. 1957-yilga kelib bu davlatlar ikkita muhim shartnomani imzolashadi.

 

3. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati.
Birinchisi “Yevropa iqtisodiy hamjamiyati” undan maqsad azo davlatlar hududida yagona bozorni joriy etish bo’lgan. Chunki yagona bozor fuqarolarga bu hududlarda erkin ishga joylashish va davlatlar o’rtasidagi bojlarni bekor bo’lishi kabi qulayliklarni yaratar edi. Bundan tashqari bu shartnoma orqali davlatlar hududida transport, savdo-sotiq va qishloq ho’jaligi rivojlanishi ham ko’zda tutilgan edi. Ayniqsa umumiy qishloq ho’jaligiga azo davlatlar o’rtasida qishloq ho’jaligi mahsulotlari o’sishi, narxlarni tartibga tushishi va fermerlarning adolatli turmush darajasini taminlardi.

 

4. Yevropa atom energiyasi hamjamiyati.
Ikkinchisi Yevroatom yani “Yevropa atom energiyasi hamjamiyati” tuzilgan. Ushbu shartnomalarning amalda qo’llanishiga ko’p yil ketgan bo’lsada ular Yevropaning birdamlikga qo’ygan qadamining muhim bosqichi bo’lgan.
1965-yilda avval aytib o’tgan uchta shartnoma “Yevropa ko’mir va po’lat hamjamiyati”, “Yevropa iqtisodiy hamjamiyati” va “Yevro atom” yagona komissiyaga birlashadi. Shunday qilib imzolangan shartnomaga binoan olti davlat yetakchilaridan tuziladigan Yevro komissiya Ushbu davlatlarning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib, qonunlar ishlab chiqaradi. Uning qonunlarini bosh vazirlardan iborat bo’lgan kengash tasdiqlaydi, o’zgartiradi yoki rad etadi.

 

5. Yevroparlament va Yevropa kengashining tashkil topishi.
Yevroparlament esa Yevropa aholisi manfaatlarini ifodalab Yevro komissiyaning qonunlariga baho beradi. Shuningdek Yevropa sudi qabul qilingan hujatlarning qonunligi ustidan nazorat yuritadi. 1973-yil Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya tashkilotga azo bo’lishadi. Bir yildan so’ng 1974-yilda tashkilot “Yevropa kengashi”ga asos soladi. Bunga ko’ra azo davlatlar rahbarlari tashkilotning umumiy rivojlanish yo’nalishlarini belgilash maqsadida yiliga uch marta yig’ilishga kelishib olishadi. 1979-yilga kelib birinchi marta Yevroparlament umumsaylovlari o’tkaziladi. 1980-yilda Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Partugaliya ham tashkilotga qo’shiladi. Shu yili yagona Yevropa g’oyasi bo’yicha hujat qabul qilinadi. Unga muvofiq yagona bozor konsepsiyasi yanada takomillashtirilib, davlatlar o’rtasidagi intigratsiya kuchaytiriladi.

 

6. Maastrixt shartnomasi.
SSSRning parchalanishi va Berling devorini qulashi 1992-yil 7-Fevral kuni 12 ta davlat yetakchilari tomonidan Maastrixt shartnomasi imzolanib, rasman “Yevropa Ittifoqi” tuzilishiga olib keldi. Bu shartnoma nimani nazarda tutardi? Maastrixt shartnomasi Yevropa ittifoqining iqtisodiy yuksalishi va keyinchalik umumiy valyuta joriy etilishiga qaratilgan edi. 1995-yil ittifoqga Avstriya, Narvegiya va Finlandiya ham qo’shiladi. Shu bilan 1995-yilga kelib, Yevropa ittifoqi davlatlari soni 15 taga yetadi. Shuningdek bu davrdan boshlab, Shingay shartnomasi ham amal qila boshlaydi.

 

7. Shingay shartnomasi yoki Shingay vizasi.
Endi esa navbat Shingay vizasiga. Birinchi bo’lib nima uchun Shingay vizasi deyilishiga aniqlik kiritamiz. 1985-yilda bo’lajak Yevropa ittifoqining o’sha davrdagi azolari tomonidan qabul qilingan shartnoma Luksenburgning Shingay shahrida imzolanganligi sharafiga shunday deb nomlangan. Bu shartnomani imzolagan davlatlar Shingay zonasiga qo’shiladi va bu davlatlar hududida huddi bir mamlakatda bo’lgani kabi Shingay vizasiga ega bo’lgan fuqarolarning erkin harakatlanishiga ruhsat beriladi. Shunday qilib Shingay vizasi bu Shingay shartnomasi asosida vakolatli organlar tomonidan Shingay zonasiga tashrif buyurish uchun hoxish bildirgan shahsga beriladigan hujatdir. Bu degani kimda Shingay vizasi bo’lsa u bemalol Shingay zonasida Yevropaning asosiy davlatlari bo’ylab hechqanday chegaraviy muammolarsiz istalgan davlatga borib doimiy yashashi yoki sayohat qilishi mumkin. Shingay zonasi Buyuk Britaniyadan tashqari asosiy 26 ta Yevropa mamlakatlarini o’z ichiga oladi. Ruminiya, Balgariya, Harvatiya, Kipr va Irlandiya kabi davlatlar tez orada shartnoma imzolaydi. Biroq Narvegiya, Islandiya, Shvetsariya, Lehtenshteyn kabi Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan, lekin Shingay zonasining bir qismi bo’lgan va erkin harakat siyosatiga amal qiladigan davlatlar ham mavjud.

 

8. YEVRO {valyuta}ni joriy etilishi.
1990-yillar ohiriga borib butun Yevropa ittifoqi bo’ylab Yagona valyuta Yevroning joriy etilishi loyhasi ham rivojlandi. Faqatgina Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Daniya o’z pul birliklaridan kechishni istashmadi. Natijada “Yevropa Markaziy banki” tashkil etildi. Yevropa bozori 1999-yildan yagona bozorga birlashdi. 2002-yildan esa YEVRO momilaga kiritildi. Aynan Yevroni joriy etilishi Yevropa Ittifoqini dunyo iqtisodiyotida bir butunlik sifatida ishtirok eta boshlashini asosiy omili bo’ldi.

 

9. Yevropa ittifoqini kengayishi.
2004-yilda Yevroittifoqga 10 ta davlat qo’shildi. Ular: Istoniya, Latviya, Litva, Polsha, Chehiya, Slovakiya, Sloveniya, Vengeriya, Malta va Kipr, 2007-yilga kelib esa Balgariya va Ruminiya ham azo bo’ldi.

 

10. Lissabon shartnomasi. {2007-yil}
2007-yili imzolangan Lissabon shartnomasiga ko’ra tenchlikni ilgari surish, barqaror rivojlanishni qo’lab-quvatlash, ijtimoiy notenglik va diskriminatsiyaga qarshi kurash hamda madaniy merosni avaylab asrash, YevroIttifoqning navbatdagi asosiy yo’nalishlari deb topiladi.

 

11. Global inqiroz.
2008-yildagi Global inqiroz Yevropa banklariga ham katta tasir o’tkazadi. Ayniqsa uning salbiy oqibatlari Gretsiyada yaqol ko’ringan. Oqibatda YevroIttifoq bu davlatga moliyaviy yordam berish va mamlakatda chuqur moliyaviy islohotlar o’tkazish yo’li bilan uni inqiroz botqog’idan qutqarib qolgan. Buyuk Britaniya Avvaliga YevroIttifoqga qo’shilishga bir necha bora ariza topshirgan bo’lsa ham 2016-yilda Buyuk Britaniya referumdum orqali bu tashkilotdan chiqishga qaror qildi. Uzoq muzokaralardan so’ng 2020-yilga kelibgina Buyuk Britaniya ittifoq tarkibidan chiqishga muvaffaq bo’ldi. Shunga qaramasdan ittifoq budjetiga ulush berib borish va qabul qilishni yil ohirigacha davom etirdi.

 

12. Yevroittifoq budjeti.
2022-yilda YevroIttifoqning umumiy budjetida daromatlar 169,5 MLD Yevroni, harajatlari esa 170,6 MLD Yevroni tashkil etadi. Bundan atigi 5% mablag’lar tashkilot mamuriyatiga ketsa qolgan 95% umumIttifoq siyosati uchun yo’naltiriladi. Aslida Yevropa ittifoqi umumiy budjeti 7 yilga mo’njallab oldindan tuziladi. Ammo bu davrning ichida ham har yili uchun daromatlar va harajatlar belgilab qo’yiladi. Bu mablag’larni tahsimoti bilan Yevropa Ittifoqining tarkibiy uch organi mas’ul bo’lib, ular: “Yevroparlament”, “Yevrokomissiya” va YevroIttifoq” kengashlaridir. Amalda budjet muzokaralari ko’proq azo davlatlarning manfaatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Bu ayniqsa budjetni bir ovozdan tasdiqlash talab qilinadigan kengashda seziladi. Budjet Yevropa komissiyasi tomonidan taklif etilib, Yevropa parlamenti va kengash tomonidan ko’rib chiqiladi va tuzatiladi. Yillik budjet oldindan rejalashtiriladi. Lekin har bir shtatdan undiriladigan to’lovlarning yakuniy hisob kitoblari faqat budjet yilining ohirida amalga oshiriladi.

 

13. Yevroittifoq aholisi.
Hozirda Yevropa Ittifoqi hududida 447 MLN atrofida aholi istiqomat qiladi. Buyuk Britaniyani chiqib ketganini hisobga olganda bugungi kunda Yevropa Ittifoqiga 27 ta davlat azo bo’lgan. Ulardan 19 tasi Yevro zonaga kiradi. Qolganlari esa Yevroni o’z valyutasi sifatida tan olgan. Shuningdek Yevro Ittifoq yanada kengayish arafasida. Masalan hozirgi kunda Bolqon yarim orolidagi davlatlar Ukraina va Gruziyaning ham YevroIttifoqga qo’shilishi bo’yicha muzokaralar davom etmoqda.
Ko’rib turganimizday davlatlarni hamjihatlikda siyosat yuritishi nafaqat xalqga foydali bo’ladi balki yer yuzini kuchli davlatlarga to’ldiradi.

Manba: youtubedagi “Xuddi shunday” kanali

(Visited 115 times, 1 visits today)