Ko’zi ojizlar yozuvi va maktablarini shakllanishi

I bob. Ko’zi ojizlar brayl alifbosini yaratilishi, ta’limga kirib kelishi va electron bosqichga o’tishi
I.1. Ko’zi ojizlar yozuvi va maktablarini shakllanishi
Jozef Margolin 22 yoshida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lib, u “Inqilobdan oldingi Rossiya va RSFSRdagi ko‘zi ojizlar maktablari tarixi” asar muallifi, tiflopedagog va pedagogika fanlari nomzodi. Mmonografiyani Yevropada ko‘zi ojizlar ta’limi tarixining qisqacha sharhi bilan boshlaydi. Valentin Gayuyaning Rossiyadagi faoliyati haqida so‘zlaydi. Ko‘zi ojizlar institutining tashkil topishi, turli tarixiy davrlarda ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimi qanday o‘zgarganligini tahlil qiladi. 1920-yillardagi kabi inklyuziv ta’lim haqida birinchi marta gapira boshlagan Aleksandr II, ta’lim islohotining ahamiyati nimada, mehnat ta’limi ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitishda qo‘llanila boshlandi. Margolin barcha ta’limning tuzilishi va dasturini batafsil tavsiflaydi, davlat va xususiy ehsonlar asosida mavjud bo‘lgan muassasalar, maktab binolari va foydalanilayotgan jihozlar, o‘qituvchilarning maoshlari, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar soni to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Turli ko‘zi ojiz maktablarni bitirgan ko‘zi ojizlar taqdirini qiyoslab, turli ta’lim tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari haqida xulosalar chiqaradi. Zinoviy Iosifovich mashg’ulotlarning ko‘rinishi va qulayligiga alohida e’tibor bergan. U o‘qituvchi sifatida o‘z shogirdlari uchun elektrlashtirilgan stakan va tovushli geografik va tarixiy xaritalarni yaratdi .
Uzoq o‘tmishga nazar solsak, “ko‘zi ojiz” va “qashshoq” so‘zlari deyarli bir ma’noda qo‘llanilganligiga guvoh bo‘lamiz. U paytlarda ko‘zi ojiz inson faqat o‘z olami, o‘z tashvishlariga o‘ralib yashar, hayoti uqubat va tushunmovchilikdan iborat bo‘lardi. Lekin vaqt o‘tishi bilan odamlar ko‘zi ojizlar o‘zini zaif xis etmasligi, jamiyatning sog‘lom a’zolari qatorida munosib o‘rin egallay olishi uchun savodli, irodasi kuchli mustaqil faoliyat yuritishga qodir ekanliklarini anglay boshlashdi. Ular ko‘zi ojizlarga aqliy, axloqiy va jismoniy rivojlanish va xayotga tayyorlanish imkonini berish lozimligini nihoyat tushunishdi. 1260-yildayoq birovning ko‘magisiz yashay va ishlay olishlari uchun Parijda ko‘zi ojizlarni hunarga o‘rgatadigan muassasa tashkil etilgandi. Bu maskan Falastin va Misrga qilingan salb yurishlaridan so‘ng jangchilarning ko‘pchiligi ko‘zidan ayrilib qaytgach ochilgandi. 1749-yilda Deni Didro qalamiga mansub ojizlarning o‘qishga bo‘lgan qobiliyatlari yoritilgan “Sog‘lomlarga ko‘zi ojizlar haqida noma” asari paydo bo‘ldi. Fransuz ma’rifatchisi va faylasufini bu maktubini o‘qigan Valentin Gayui (1745-1822) ko‘zi ojizlarning Fransiyadagi g‘arib va xarob ahvolidan qattiq ta’sirlandi. V. Gayui ko‘zi ojizlar uchun maxsus maktab ochish fikriga kelgan birinchi ziyoli edi. U 1784-yilda hukumat va biror xayriya tashkilot yordamisiz o‘z puliga, o‘z uyida maktab ochdi. V. Gayuining birinchi o‘quvchisi cherkovda uchratgani Fransua De-Lezyuyer ismli bolakay edi. So‘ng maktabga 11 ta qarovsiz yurgan tengdoshlari keldi. V Gayui ko‘zi ojiz bolalar ta’lim va tarbiyasini ilmiy asosda tashkil etdi. U maxsus alifbo ishlab chiqib, harflari bir unsiya uzunlikda bo‘lgani uchun “unsial”deb atadi. Unsial qalin va zich qog‘ozga bo‘rttirib tushirilgan bo‘lib, ko‘zi ojizlarni o‘qishga o‘rgatish va ular uchun kitob chop etish imkonini berar edi. So‘z tuzish uchun V.Gayui lotin alifbosidagi qirqma xarflardan foydalanar edi. Qalin qog‘ozdan qirqib olingan bu xarflar sog‘lomlar uchun xam tushunarli edi. Xarflar o‘rnini bemalol o‘zgartirish mumkin bo‘lib, bu ko‘zi ojizlarga zarur matnni tuzish imkonini beradi. Buning uchun xarflarni doskaga o‘yib ishlangan katakchalarga joylashtirish mumkin edi. Bulardan tashqari V. Gayui ko‘zi ojizlar uchun o‘quv qo‘llanmalari, geografik xarita va globuslar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus asbob va qoliblar o‘ylab topdi. Ko‘zi ojizlar uchun kitob yaratish g‘oyasi xam V.Gayuiga tegishlidir. Gʻoyatda tang axvolda V. Gayui maktab qoshida bosmaxona qurdi va “unisal” shriftida bir necha kitoblar chop ettirdi. ”Ko‘zi ojiz bolalarni tarbiyalash xaqida risola”, “ Fransuz tilining qisqacha grammatikasi”,Lotin tili grammatikasi o‘quv qo‘llanmasi kabilar ko‘rish qobiliyatini yo‘qotganlar uchun dastlabki kitoblar edi. Ko‘zi ojizlar to Lui Brayl olti nuqtali shriftni kashf etkunga qadar V. Gayuining kitoblari yordamida savod chiqarishdi. V. Gayuining yutuqlari matbuot orqali yoritib borilar edi. Lekin uy sharoitida maktab uzoq faoliyat ko‘rsata olmasligi bois V.Gayui jamoat joylarida, Parij akademiyasi a’zolari xuzurida, xayriya tashkilotlarida va xatto ko‘chalarda o‘quvchilarini yutuqlarini namoyish eta boshladi. Tushgan pulga u Sen-Biktor ko‘chasida 30 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab ochdi. Maktab Parij Qirollik Institutining eski binosida joylashgan bo‘lib, keyinchalik Ko‘zi ojizlar milliy institutiga aylantirildi. Institutning 120 ta talabasi esa davlat stipendiyasini ola boshladi.
1800 yilda Napoleon buyrug‘iga asosan Ko‘zi ojizlar instituti davlat mablag‘ini tejash maqsadida yopib qo‘yildi. U yerda o‘qiyotganlar esa turli cherkov va xayriya tashkilotlariga jo‘natildi. Valentin Gayuni 1822-yil 19-mart kuni 77 yoshida olamdan o‘tdi. 1855-yilda Parij badiiy ko‘rgazmasida V. Gayuni xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik loyihasi namoyish etildi. Uning muallifi yosh xaykaltarosh Badian de-la Trosh Gayuini bor bo‘y basti bilan tasvirlaydi. Bronzadan ishlangan mazkur yodgorlikda Gayuining nigoxi kursida o‘tirgancha bo‘rtma xarflarda fransuz tilida yozilgan “Valentin Gayui” so‘zini o‘qiyotgan Fransua-de-Lezyuyerga qaratilgan, chap qo‘li esa o‘quvchisi boshiga qo‘yilgan bo‘lib, 1860-yilda Parij Ko‘zi ojizlar institutining asosiy kirish joyiga o‘rnatildi. 1861-yil 10-avgustda yodgorlikning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 1883-yil 15-yanvarda Parijda “Valentin Gayui” jurnalining ilk soni chiqdi. 1884-yili 14-martda Gayui ochgan ilk Ko‘zi ojizlar maktabining 100 yilligi nishonlandi.
1809-yilning 4-yanvarida Fransiyaning Kuvre shaxarchasida Simona Rene Brayl oilasida kichkina Lui dunyoga keldi. U juda nimjon tug’ilgan edi Lui dastlabki qadamlarini tashlashi bilan otasi uni o‘zi bilan ustaxonasiga olib bora boshladi. Lui uch 3 yoshga to‘lganida baxtsiz xodisa tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Luining ota – onasi ko‘zi ojiz farzandlarini xayotda mustaqil qadam tashlashi uchun zarur bo‘lgan mexnatga, ko‘nikmaga qanoatga o‘rgatdilar. U shippak tikishni o‘rgandi skripkada kuy chalishni o‘zlashtirdi. Uylari yaqinidagi maktabga qatnab oddiy tayoqcha yordamida alfavitni o‘rgandi.10 yashar Lui Brayl 1819-yilda Parij Ko‘zi ojizlar milliy institutiga o‘qishga kirib barcha fanlarni oson o‘zlashtirar, butun maktab kutubxonasidagi: grek, lotin ,ingiliz, italyan, ispan tillari gramatikasi bo‘yicha qo‘llanmalar, turli badiiy adabiyotlarni to‘la o‘qib chiqqan. Lui Brayl bo‘rtma xaritada mo‘ljalni oson olar, ustaxonada ko‘p xunarlar sirini tez o‘rganar, skripka, vilonchel va organda juda yaxshi chalar edi.
O‘qishning dastlabki kunlarida Lui hamma qatori “unisal” alifbosida ta’lim oldi. Keyin Sharl Barbyening 36 xil kombinatsiyali 12 bo‘rtma xarfdan iborat bo‘lgan alifboni joriy etildi. Mazkur alifbo avvaliga qorong‘ida xam o‘qish mumkin bo‘lgan xarbiy telegraflarga mo‘ljallangan. Sharl Barbe alifbosiga ko‘ra so‘zlar orfagrafik qoidalarga binoan emas balki qanday talaffuz etilsa shu tarzda yoziladi. Yozuv qurollari taxta kvadrat shaklida o‘yiqlar tushirilgan lineyka grifellardan iborat edi. Barbe shriftida kitob chop etilmagan.
1825-yilda 16 yoshli Lui Braylda 6 nuqtadan iborat avvalgilaridan tubdan farq qiladigan bo‘rtma shrift yaratish g‘oyasi tug‘ildi. U o‘z ixtirosi ustida uzoq ishladi va 1829-yilda ilk bora ixtirosining dastlabki ko‘rinishini institut muxokamasiga topshirdi. Ammo uning ixtirosini ma’qullashmadi. Favqulotda qobiliyat egasi bo‘lgan Lui Brayl institutni tamomlagach o‘ziga saboq bergan o‘qituvchilari va direktor iltimosiga ko‘ra shu yerda qolib ishlay boshladi. Dastlab u kichik o‘qituvchi repititor bo‘lib ishladi.So‘ng geografiya algebra va musiqadan dars bera boshladi. Kechki paytlari parijdagi Sen-Nikolya de Shan cherkovida organist bo‘lib ishladi. Uning talabalari bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan dars dasturini xali muddat tugamasdan o‘zlashtirib olishar edi. Eng asosiysi o‘rganganlarini xech qachon esdan chiqarmasliklari bilan ajralib turar edi. 1837-yilda institut pedagoglari uyushmasi va katta yoshli ko‘zi ojizlar talabi bilan Brayl taklif qilgan yozuv tizimi qayta ko‘rib chiqiladi va bu tizimda birinchi marotaba “Fransiyaning qisqacha tarixi” kitobi chop etiladi. Ushbu ilk nashrni amalga oshirish uchun Brayl va uning do‘stlari juda qattiq mehnat qilishadi. Ular metallga olti nuqtalarni yozib, so‘ng tegishli xarflar uchun keraksiz nuqtalarni o‘chirib chiqishadi. Birinchi kitobni nashr qilish qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin ulkan g’alaba edi. Katta qiyinchiliklar bilan yaratilgan bu kitob dunyo bo‘ylab mashxur bo‘lib ketadi.Shundan so‘ng institut olimlari tomonidan mazkur yozuv tizimi tan olinadi va 1853-yildan keng ommalasha boshlaydi. Braylning shirifti yengil o‘rganilganligi orfagrafik qoidalarga qulay moslashganligi va kombinatsiyalari oson yodda qolishi bilan o‘zidan oldingi yozuv tizimidan ustun edi. Butun umrini ko‘zi ojizlar xayotini yengillatishga sarf etgan Lui Brayl oila qurmaydi. Sog‘ligi yomonlashganligi sababli bu ulug‘ daxo 1852-yilning 6-yanvarida vafot etadi. 1887-yilda haykaltarosh Leru Lui Brayl xotirasiga yodgorlik yasab uning qabriga o‘rnatdi. Ko‘zi ojiz bolakayga 6 nuqtali shriftni o‘rgatayotgan Lui Brayl tasviri tushurilgan paralilapiped shakldagi yodgorlikning yoniga: “Braylga minnatdor ko‘zi ojizlardan”, deb yozilgan edi. Ikkinchi yoniga esa: “Yodgorlik” 1809-yilda 4-yanvarda Kuvre shaxrida dunyoga kelgan Lyudovik Brayl xotirasiga bag‘ishlangan. Uch yoshida ko‘zi ko‘rmay qolgan Parij ko‘zi ojizlar instituti talabasi ,keyin esa professori bo‘lgan, hozir barcha ko‘zi ojizlar ta’lim maskanlarida foydalanilayotgan bo‘rtma xarflarni kashf qilgan 1852-yil 6-yanvarda Parijda vafot etgan” degan ma’lumotlar bitilgan edi. 1952-yilda (o‘limining 100 yilligida) Brayl xoki va yodgorlik Parij milliy pansioniga ko‘chirildi. Shu yilning o‘zida Kuvre shaxrida Brayl bolaligini o‘tkazgan uyda xotira muzeyi ochildi. Shu uyga olib keladigan ko‘cha esa Lui Brayl nomi bilan ataldi. Butun dunyodagi ko‘zi ojizlar eng mukammal va rasional olti nuqtali bo‘rtma shriftlar tizimi yaratuvchisi bo‘lgan Lui Brayl nomini chuqur xurmat va minnatdorchilik tuyg‘usi bilan tilga oladi.
Yozuvlar tarixiga murojat qilar ekanmiz Arab mamlakatlarida ko‘zi ojizlar yozuvi yuzasidan ilmiy tatqiqot o‘tkazgan Doktor Muhammad bin Saad bin Husaynning ilmiy yutiqlarini o‘rganib jarayon tarixidan xabardor bo‘lish maqsadiga erishdik.Markaziy kutubxona o‘zining madaniy dasturini buyuk adabiyot arbobi, taniqli yozuvchi va ko‘zga ko‘ringan ko‘zi ojiz adib, hayotda o‘z yo‘lini mustahkamlagan, bilimi mustahkam bo‘lgan ko‘zi ojiz, professor doktor Muhammad bin Saad bin Husaynni ma’ruzasida bildirgan fikrlarini o‘rganishdan mamfatdor hisoblanib, adabiyot va madaniyatda uzoq tarixga ega bo‘ladi. Adabiy va islomiy hayotimiz va balki ko‘pchiligimiz doktor (Muhammad bin Saad bin Husayn) ni arab kutubxonasiga taqdim etgan 28 dan ortiq kitoblari orqali ilm yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirganligi ayta olamiz.
Ko‘zi ojizlar uchun tashkil etilgan shahsiy va umumiy bo‘limda geografiya va hokazolarni o‘rganishni istamaydigan ko‘zi ojizlar o‘qitilgan. Keyin ba’zi ko‘zi ojiz bo‘lmagan talabalar ham bu borada ko‘zi ojizlar bilan birga bo‘lishni va ular bilan bir safda ta’lim olish hoxishini bildirishdi. Ilmiy institut va Shariat kollejiga qarashli ko‘zi ojiz talabalarni ushbu maktabga taklif qilinishi natijasida taklif qiluvchilar kutganidan ham ko‘proq talabalar safga qo‘shilishdi. Ammo yana bir muammo bor ediki, ta’lim vazirligiga murojat qilib o‘quv qurollari va kitoblarni chet el mamlakatlaridan olib kelishda amaliy yordam berishini so‘rashadi. Bundan tashqari Arab tiliga ihtisoslashgan Dahna koleji ta’lim vazirligini roziligi bilan (Jabra) boshlang’ich sinfiga ko‘chirildi . Jabra maktabiga ko‘chib o‘tilganiddan so‘ng ko‘zi ojiz talabalarni o‘qishini (Said Bin Jubair) va Vazirlik ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilganini ma’lum qiladi. Bundan so‘ng maktab sharoiti va ko‘zi ojiz o‘quvchilarni o‘qish imkoniyatlari yaxshilana boshlaydi. Qirollik tomonidan maktabga kitob va o‘quv qurollarini sotib olish uchun subsidiya ajratildi. Subsidiya orqali tahminan 14 ming riyol maktabga berildi. Kitob va materiallarning olish imkoniyati qo‘lga kiritilishi natijasida bilim sifati oshdi. Endilikda bir guruh ko‘zi ojiz talabalar ingiliz tilini o‘rganish maqsadida (Al-Ahliyya) maktabiga kursga qatnashni boshlashdi. O‘sha davrda maktabni tamomlagan kishi bor-yo‘g‘i 850 riyal maosh olgan. Taxminan hijriy 1378-yilda Muhammad bin Saad bin Husayn safarga chiqib ketishi sababli ko‘zi ojizlarga dars berishni tark etadi. Uni faoliyati haqida hijriy 1406-yilda Shayx (Abdulrahmon ibn Salim Al-Xalaf) tashabusi bilan Maorif Vazirligi tomonidan yuritiladigan “Maorif Hujjatlari” Jurnalida ko‘zi ojizlarni o‘qitish tarixi haqida so‘z yuritilgan maqolalar va statistic kitoblar e’lon qilingan. Muhammad bin Saad bin Husayn va uning safdoshlari amalga oshirgan yana bir ta’lim shakli kattalar uchun kechki ta’lim bo‘lib, bu maktabni ochilishi keyinchalik ko‘zi ko‘rmay qolganlarni hayotga va yashashga bo‘lgan qiziqishini uyg’otish va ularni tushkinlikdan chiqarib, yana qaytadan faoliyatini davom etirishga hizmat qilgan. Kechki ta’lim o‘qitish turi o‘quvchilari turli yoshdagi ta’labalardan iborat bo‘lgan. Sababi ular ko‘rlik kaslligini otirib olishgan, Bu hayotning chinakam achchiq sinovi bo‘lib, inson hayoti davomida sinovlardan muvofaqiyat bilan o‘ta olishiga namuna bo‘la oladi. Barcha ko‘zi ojiz odamlar Brayl yozuvi yoki buni muqobil variantlaridan foydalanib, zamonaviy yangiliklar va xabarlardan bahramant bo‘lib borishlari kerak.
Ko‘zi ojizlar hayotiga va ijodiga bag’ishlab ko‘plab maqola, hikoyaa yoki asarlar yozilgan. Ulardan ba’zilaarini musol keltiramiz.(Salah al-Din al-Safadiy) tomonidan (Nukat al-Hamyan fi Nukat al-Amyan), nomli kitob yozilgan bo‘lib, u ko‘zi ojizlar hayoti haqida hikoya qilarkan, ojizlarni zulmatdagi hayotini hajviya usulida ommaga yetqazadi. doktor Ahmad ash-Sharbosiy tomonidan (“Ko‘rlar olamida”) nomli asar yozilgan. Kitobning katta qismi afsonalardan iborat. Asarni yozishda as-Safadiyning kitobidan foydalanilgan. E’tiborli jihati shundaki jamiyatdagi aksariyat taniqli shahslar orasida ko‘zi ojiz bo‘lgan odamlar ham borligi va ularni ko‘zi ojizligi keng omma bilmaydi. Shundaylardan biri haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz. Ahmed Az-Zayn Shoir bo‘lib, u sotsiologiya sohasiga bag’ishlab ko‘plab she’rlar yozgan. Ijtimoiy mavzularda ijod qilgan bu kabi ijodkorni uchratgan, uni ijodi bilan tanishgan harqanday odam ko‘zi ojiz ekanligini anglamaydi. Biz ko‘zi ojizlar haqida ko‘p gapiramiz, ammo gapirishimizdan maqsad ularga rahmimiz kelgani uchun aslida ularni ijodi bilan yaqindan tanishsak ular ham umumiy jamoa bilan bir safda natijalarga erishishi mumkinligini tushinib yetamiz.