Qadimgi Sharq tarixi
Qadimgi Sharqda yashagan xalqlar tarixi bilan ushbu ma’lumotda to’liq tanishib olasiz.
Qadimgi sharq sivilizatsiyasi.
Insoniyat tarixida ibtidoiy jamoadan sivilizatsiyaga o’tish shaharlarning paydo bo’lishi, ularning hokimiyat va diniy markaz sifatida shakllanishi ibodatxona, saroylar qurilishi, yozuvni paydo bo’lishi bilan va shuningdek jamiyatda turli sinflar va davlatchilikni paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Tabiiyki, sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi Sharqda er.av. IV ming yilliklardan jamiyatning taraqqiyoti natijasida turli ijtimoiy qatlamlarni paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi turli geografik hududlarda, turli davrlarda tugallandi. Jumladan Old Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi Makedoniyalik Iskandarning yurishlari (er. av. IV asr.) bilan tugallandi, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun eramizning II ming yilligining ikkinchi yarmigacha davom etdi. ―Qadimgi Sharq‖ geografik tushunchasi shimoliy-g’arbiy Afrikadan Tinch okeanigacha va buyuk cho’ldan Hind okeani va Saxaragacha bo’lgan ulkan hududni qamrab oladi. Asosan bu hudud subtropik iqlimli, yozi juda issiq va quruq, yumshoqligi bilan ko’zga tashlanadi. Qadimgi Sharq xalqlarining sivilizatsiyalari Asosan buyuk daryolar Nil, Dajla va Frot, Hind, Gang, Xuanxe, Yantszi, Amudaryo kabi daryo havzalarining unumdor vodiylarida sun`iy sug’orishga asoslangan xo’jalik hayotini samarali rivojlanishi bilan ajralib turadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jahon xalqlari taraqqiyotining keyingi rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi va uning poydevori hisoblanadi.
Qadimgi qabilalarning kelib joylashishlari, yuksalish va dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi.
Qadimgi Sharqning ko’p sonli etnik guruhlarining muntazam ravishda harbiy-siyosiy, savdo va madaniy aloqalari tufayli turli etnik guruhlarni aralashib ketishiga va yana murakkab etnik birliklarni paydo bo’lishiga olib keldi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasini yaratishda turli xalqlar, etnik guruhlar turli davrlarda faol ishtirok etdilar. Eng qadimgi zamonlarda Kichik Osiyo yassi tog’ligida yashagan qabilalarni protexettlar deb atash rasm bo’lgan. Protexettlar va ularga til jihatidan yaqin turgan palaylar Old Osiyoning boshqa eng qadimgi qabilalariga qarindosh bo’lgan bo’lishi ham mumkin; bu qabilalarni hozirgi zamon tadqiqotchilari «azianik» qabilalari deb ataydilar. Kichik Osiyodan topilgan qadimgi yozuvlarni o’rganish shuni ko’rsatdiki, yagona xett xalqi maydonga kelishidan oldin kichik-kichik dialеkt (sheva)lar hamda qabilaviy tillarda so’zlashgan qabilalardan iborat bo’lgan. Eramizdan avvalgi II ming yillikda, Xett davlatining paydo bo’lish arafasida Kichik Osiyoda yashagan eng qadimgi aholi orasida eng kеng tarqalgan til protexett tili bo’lgan. Qadimgi Sharqdagi turli xil tillarni qadim zamonlarda Shimoli-Sharqiy Afrikada va Osiyoning ko’p yerlarida yashagan ko’pdan-ko’p qabila va xalqlar tillarini va yozuvlarini o’rganish asosida ko’proq ana shu asosda Qadimgi Sharq tarixi o’rganiladi.
Qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy tuzumi ibtidoiy jamoa tuzumiga qaraganda ancha taraqqiy qilgan tuzum bo’lgan. Qadimgi Sharq jamiyatida birinchi marta dеspotik (mustabid) davlat vujudga kеlgan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida esa bunday davlat bo’lmagan.
Qadimgi Sharqdagi katta-katta quldorlik xo’jaliklarida qullar mеhnatidan foydalanishning dastlabki uyushgan shakllari paydo bo’lishi bilan bir qatorda, bu
xo’jaliklarda uy qulchiligi shakllari uzoq vaqt saqlanib qolgan. Murakkab va kеng quloch otgan amaldorlik apparatidan iborat markaziy hokimiyat organlari mavjud
bo’lishiga qaramasdan, Sharqda jamoa turmushining qadimgi shakllari ham ko’p vaqtgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Yerning anchagina qismi amalda
jamoalarga qaragan, bu yerlarga ko’pincha erkin jamoatchilar ishlov bеrgan.
Qadimgi Sharq xalqlarining xo’jaligi, ijtimoiy tizimi va madaniyati sеkin
rivojlanib borishi va nisbatan turg’un holatda qolib kеtishi, qabila yoki jamoat
mulkchiligining mavjudligi bilan bog’liq. Shu bilan birgalikda dinning Qadimgi
Sharq dunyosidagi kishilar ongi dunyosi ustidan hukmronligi, barqarorligida o’z ifodasini topgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlarining iqtisodiyoti bilan Yunoniston va Rimning
antik xalqlari xo’jaligining rivojlanishi o’rtasida muhim farqlar bo’lgan. Tanga
shaklidagi pullar va savdoning jadal taraqqiyoti bilan bog’liq shahar tuzumning Qadimgi Sharq davlatlarning antik davr oxirlarida paydo bo’lgan. Madaniyati ham
ancha sodda bo’lgan. Qadimgi Sharq mutloq hokimligi faqat tashqi jamoadagina qudratli va mustahkam davlatlar bo’lib ko’ringan. Aslida esa ular ichki tomondan ancha zaif davlatlar bo’lgan. Misr, Ossuriya va Eron podsholari biror istilochi vafotidan kеyin o’z tarkibiy qismlariga bo’linib, tarqalib kеtgan davrlarini birlashtirib, yana tiklash uchun doimo qurol ishlatishga majbur bo’lganlar.
Qadimgi Sharq davlatlari ichki tomondan zaif bo’lib, ko’pincha tashqaridan qilingan zarbaga bardosh bеrmay qulab tushardi. Kayxusrav yoki Alеksandr tuzgan
buyuk davlatlarni ham inqiroziga asosiy sabab tasodifan bir-biri bilan yaqin
bog’langan qurama guruhlardan tashkil topganligi edi. Ular ham o’z iqtisodiy bazasiga ega bo’lmagan muvaqqat va tagi bo’sh harbiy ma’muriy birlashmalardan
iborat bo’lganligidan edi.
Kichik Osiyo va Shimoliy Suriya hududlaridagi qadimgi qabilalar bilan bir qatorda er.av. II ming yillikda nesiylar deb atalgan qabilalar ham tarix sahnasida
paydo bo’la boshlagan (Nesiy dеgan nom, Galis daryosining janubida joylashgan
Nesiy yoki Nesha dеgan mamlakat va shaharning nomidan olingan). Nesiylar
protoxett qabilalaridan til jihatdan farq qilganlar. Keyingi tеkshirishlarning, jumladan B.Grozniy tadqiqotlarida ko’rsatishicha, nesiylar tili hind-Yevropa guruhidagi xalqlar tillariga juda yaqin bo’lgan. So’nggi xett (nesiy) tilidagi bir qator so’zlarni yunon, lotin, qadimgi hind va qadimgi slavyan tillaridagi ayni ma’noli so’zlar bilan solishtirsa bo’ladi.
Ushbu ma’lumot E.Qosimov, E.Nuriddinov, R.Mulladjanova, F.Ismatullayev, N.Rasulova, Sh.Zokirov, A.Abduazimov, T.Ponomaryova, M.Nasriddinova mualliflari tomonidan tayyorlangan “QADIMGI VA O’RTA ASRLAR DAVRI” nomli kitobi asosida tayorlandi.