Inson ekologiyasi. Insonning tabiatda o‘rni haqidagi bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi
Inson ekologiyasining rivojlanishida tibiatning ko`pgina sohalari muhim rol o`ynaydi. Sanoat va odamlarning katta shaharlarda to`planishi, sanoatlashtirish havo va suvning bug`lanishi, dori-darmonlar ko`planilishi bilan bog`liq bo`lgan patalogiyani o`rganish zaruriyati ko`ndalang qilib qo`ydi. Ular tabiiy ekolyutsiya, biogeotsinozlar jarayoniga jiddiy o`zgarishlar olib kirdi, qaror topgan ekologiya tizimini o`zgartirib yubordi. Antropoekosostema – inson ekologiyasini tadqiqot ob`ektdir. O`zaro va o`zlarini o`rab olgan tabiiy va ijtimoiy muxit bilan dialektik aloqada bo`ladigan inson populyatsiyalari yoki etnoslarning birgalikda hayot kechiradigan turli guruxlari, antropoekologiya tizimi yoki antropoepotizm deb ataladi. Fan texnika taraqqiyoti odamning turmush tarziga katta axamiyatga molik ta’sir o`tkazib jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatini ancha feollashtirdi. Bu ijtimoiy rivojlanishning asosiy omillaridan biridir. Insonning biosferaga ta`sir o`tkazishi butun dunyoda ekolagiyaga qiziqishni ortishiga sabab bo`ldi. I. T. Frolovning ta’kidlashicha, insoniyat qudrati g`oyatda oshib borayotgan texnika vositalari yordamida tabiat boyliklarini jadal iste`mmol eta borib, o`z sivilizatsiyasi rivojlanishi va o`zining bo`lmaydigan bexat yaxshilagani bugungi kunda rad etib bo`lmaydigan haqiqatdir. Biroq inson tabiatni buysindira borib, u faoliyatining tabiiy negizlariga putur yetkazganligi. jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi o`zaro ta`sirini bo`lganligi ham haqiqatdir. Bu keng ijtimoiy va insoniyat uchun axamiyatli bo`lgan ekologiya muammosining moxiyatini tashkil etadi.
Bunday sharoitlarba inson ekologiyasi fanini rivojlantirish zarurati
tobora ortib boradi. Mazkur fan odamlar va fan tabiatining inson va
biosferaning o`zaro munosabatini xayotning aniq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
sharoitlari bilan chambarchas bog`liklikda o`rganadi. Ilmiy texnika inqilobi
davrida fan va amaliyotning ko`ldan ko`p yo`nalishlari o`z tadqiqotlari markazida
tobora ko`proq insonni, uning ijtimoiy biologik tabiatini, uning
farovonligini ko`rmoqdalar. Farovonlikning eng muxim sharti esa evvalo bor
ijtimoiy va ruxiy – fiziologik salomatlikdir. Bugungi kunda inson
salomatligi jamiyat tarixi va uning xozirgi kundagi taraqqiyoti ekanligi aniq
va ravshan. Butun jamiyatning ijtimoiy ishlab chiqarish, iqtisodiyot
tuzilmasini ilmiy tashkil qilish, mexnat, dam olish sharoitparini, ma`naviy
va jismoniy tarbiya sharoitlarini vujudga keltirish. Xayot tarzi madaniyatini
rivojlantirish – ularning hammasi sog`likni muxofazalash va mustahkamlashning
garovidir. Bu muammolar jamiyatning tabiiy sharoitlar bilan o`zaro ta`siri,
shu ta`sirni takomillashtirishga yo`naltirilgandagina hal etilish mumkin.
Bunda barcha jug`rofiy mintaqalar, jonli va jonsiz tabiatdagi barcha
jarayonlar, planetamizning barcha soxalari qamrab olinadi. Bu yerda gap
tabiatni shunchaki muxofazalash to`g`risida emas, balki inson tabiat va ular
o`rtasidagi muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy,
ekopogik sharoitlar yaratish maqsadida, tabiatni asrab-avaylash va
rivojlantirish haqida bormoqda. Tabiatni muxofaza kilish – har tomonlama
rivojlangan inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muxim vositalardan
biridir.