Xiva xonligining tugatilishi yohud xonlikning inqirozga yuz tutish sabablari

Muhammad Rahimxon IIfoto (ikkinchi) vafot etgach, imperiya hukumati yordamida
taxtni uning o‘g‘li Asfandiyorxon egallaydi.
(1910–1918). 8 yil hukmronlik qilgan.

Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan keyin Yosh xivaliklar
Asfandiyorxonfotodan islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qildilar.

Manifest talablari
1. — Xon va uning hukumati tomonidan mamlakatni mutlaq boshqarishni butkul barham toptirish.
2. — Xiva xoniga shahzodalar va vazirlarga tegishli bo‘lgan mablag‘lar va mulklarni xalq mulki deb e ’lon qilish.
3. — Kambag‘allar hayotini yaxshilash yo‘lida yirik zamindorlar yerlaridan foydalanish.
4. — Bolalarni bepul o‘qitish uchun xonlikning hamma joyida maktablar ochish.
5. — Shaharlar va aholi manzilgohlarida bepul shifoxonalar va sog‘lomlashtirish muassasalari ochish.
6. — Xiva xoni va beklari tomonidan kambag‘al aholidan tortib olingan yerlar, mulk va boshqa narsalarni qaytarib berish.
7. — Majburiy mehnatga jalb qilish (begor)ni butunlay yo‘q qilish.

Islohotlar xon hokimiyati saqlangan, ammo
1. Majlis (deputatlar palatasi) va
2. Nozirlar kengashi (Vazirlar kengashi) bilan cheklangan
konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni ko‘zda tutgandi.

Yosh xivaliklar, shuningdek, davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun
1. moliya vazirligi,
2. suv taqsimotini isloh qilish,
3. xonlikning butun hududida yangi usul maktablarini tashkil qilish uchun qo‘mita tuzishni,
4. temiryo‘llar va
5. pochta-telegraf tizimi qurilishini ham talab qilishgandi.

1917-yilning 4-aprel kuni
xon devonxonasi ro‘parasida bir necha ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi.

Xon Polvonniyoz Hoji Yusupov va
Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi va
5-aprel kuni Yosh xivaliklar taqdim etgan manifestni imzoladi.
Hujjatga muvofiq Xorazm konstitutsiyaviy monarxiya etib belgilandi.

1917-yil 26-aprelda bo‘lib o‘tgan Majlisning birinchi sessiyasida
30 nafar xivalik deputat va
turkmanlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi.
Majlis Vazirlar kengashini sayladi. Ammo ikki oy o‘tmasdan
konservativ kuchlar
1. harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi va
2. Majlisni tarqatib yubordi.
Yosh xivaliklar hibsga olinib, ulardan bir qismi otib tashlandi.

Rossiya imperiyasining Xivaga yurishlari paytida
yosh Qurbon Mamed turkman yovmut yigitlari qatorida
bosqinchilarga qarshi janglarda qatnashgan.
Asl ismi (Muhammad)
Asfandiyorxon Junaydxonni turkman qabilalarining sardori etib tayinlagan (1915).
Turkman oqsoqollari uni Junaydxonfoto deb e’lon qilishgan.

1917-yil oktyabr to‘ntarishidan keyin Rossiyada bolsheviklar hukumatni qo‘lga kiritdi.
Turkistonda ham hokimiyat bolsheviklar qo‘liga o‘tdi va bu yerda ham sovet respublikasi tuzildi.

Sovetlar xavfi oldida hukumatni yo‘qotishdan qo‘rqqan Asfandiyorxon
bosh qo‘mondon etib turkmanlarning
yovmut qabilasi sardori Qurbon Mamed sardor Junaydxonni tayinladi.
Asl ismi (Muhammad)

Saroyda mavqeyini oshirib olgan Junaydxon
1918-yilning oktyabr oyida
1. davlat to‘ntarishini amalga oshirdi va
2. Nurullaboy saroyida Asfandiyorxonga suiqasd uyushtirdi.
Taxtga Asfandiyorxonning akasi Said Abdulla o‘tirdi.
Amalda hokimiyat Junaydxon qo‘lida to‘plangan edi.

1920-yil yanvar oyidan Xivaga qarshi hujumga o‘tgan sovetlar
fevral oyining boshlarigacha bir qator shaharlarni qo‘lga kiritadilar.
Natijada Said Abdullaxonfoto taxtdan voz kechadi.

1920-yilning 27–30-aprel kunlari Xivada bo‘lib o‘tgan
xalq vakillari Butun xorazm qurultoyi
1. xonlik tugatilganligi va
2. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi.
3. Qurultoy XXSRning muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi.
4. Qurultoy shuningdek, 15 kishidan iborat hukumat
– Xalq Nozirlar Kengashini sayladi.
Yosh xivaliklar rahbarlaridan Polvonniyoz Yusupovfoto uning birinchi raisi bo‘ldi.
Manba: 10-sinf O’zbekiston tarixi 2022-yil nashri

(Visited 3,276 times, 24 visits today)